Get Mystery Box with random crypto!

Navoiyni bilmaganlarga … Gurjistonda shunday udum bor: Qizga | Uchinchi dunyo🥀

Navoiyni bilmaganlarga 

Gurjistonda shunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovchi,
Kimligiga qilmay eʼtibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovchi…

Ilk savoli faqat shu boʻlar,
Oʻqiganmi Rustavelini?
Shu vajdati shoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.

Har oʻzbekning uyiga birrov
Buyurganda sovchilar tashrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb soʻrashni qilurman taklif.

Shunday talab qoʻyilsa, alhol
Qoʻrqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk shoir sheʼrlarin darhol
Yod olardi, har oshiq boʻydoq.

Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli chaman.

Ulugʻlikka timsol, andoza,
Har bir soʻzi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.

Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli oʻzlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta oʻzbek!

Muallif: Qambar Ota