Get Mystery Box with random crypto!

MUHАBBАT Oshiqlarga abadiy sunnat, Bamisoli farz – bu muhabb | Uchinchi dunyo🥀

MUHАBBАT

Oshiqlarga abadiy sunnat,
Bamisoli farz – bu muhabbat.
U – payg‘ambar, oshiqlar – ummat,
Iymon hamda arz – bu muhabbat.

U – olisda porlagan oftob,
U – mast etar eng ko‘hna sharob.
Hamma yaxshi ko‘rgan iztirob,
Yurakdagi darz – bu muhabbat.

Raqiblaring ko‘ngling buzarlar,
Unutilar asta huzurlar.
Bevafolar uchun qusurlar,
Majnunlarga tarz – bu muhabbat.

Goho orzu, gohida armon,
O‘zi darddir, o‘zidir darmon.
Go‘yo shohdan qilingan farmon,
Umrbodlik qarz – bu muhabbat.

So‘z ko‘p, ammo ojizdir tilim,
Muhabbat – yor, yor – mening dilim.
Аbadiy kashf bo‘lmagan ilm,
Va abadiy dars – bu muhabbat.

2011 yil

Davlat  Shermuhammad