Get Mystery Box with random crypto!

#sevimli #tilak #arxivimizdan Uyingizni topib bormasin xatla | Uchinchi dunyo🥀

#sevimli
#tilak
#arxivimizdan
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga hamroh bo'lsin eng og'ir dardlar,
Eng mayda dardlar ham qiynasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayabman sizni sog'inib...
@uch1nch1_dunyo