Get Mystery Box with random crypto!

KЕLDI Bexabarlik xabari keldi, Bexatarlik xatari keldi. To shu | Uchinchi dunyo🥀

KЕLDI
Bexabarlik xabari keldi,
Bexatarlik xatari keldi.
To shu yerga kelguncha yurak,
Qancha dardni koʻtarib keldi.
Kelishingni eshitgan zahot,
Qaygʻu qarib, gʻam gʻarib keldi.
Jamolingdan soʻzlab shamollar,
Barcha baxtni jamgʻarib keldi.
Isming aytib toʻkildi bogʻlar,
Togʻlar sochi oqarib keldi.
Izingni, ey, koʻzi axtarim,
Butun olam axtarib keldi.
Sen kelmading, mening boshimga,
Sogʻinchdan ham battari keldi.
Yoʻqmidi bu telba dunyoning
Sarvinozga aytari, keldi.
Mehrinoz opa, uzr mualliflik huquqingizni buzdim

@uch1nch1_dunyo