Get Mystery Box with random crypto!

8-yanvar — Anvar OBIDJON tugʻilgan kun! Tugʻildingmi — samar | Uchinchi dunyo🥀

8-yanvar — Anvar OBIDJON tugʻilgan kun!

Tugʻildingmi — samar qoldir,
Oʻzligingdan xabar qoldir.
Hoqon ersang shahar qoldir,
Zobit ersang zafar qoldir.
Olim ersang asar qoldir,
Hofiz ersang lapar qoldir,
Choʻpon ersang otar qoldir,
Kosib ersang hunar qoldir.
Loaqal tinch roʻzgʻor qurib,
Yurtinga bir askar qoldir.

Anvar OBIDJON, Oʻzbekiston xalq shoiri