Get Mystery Box with random crypto!

Aylanayin, sening ginalaringdan, Sendan menga yuqqan kinnalari | Uchinchi dunyo🥀

Aylanayin, sening ginalaringdan,
Sendan menga yuqqan kinnalaringdan.
Yuzingdan demayman, hech yo'qsa o'ptir
Qo'llaringga qo'ygan xinalaringdan.

Farhod tog'ni yo'nib ochgan ariqni,
Daryolarda Tohir oqqan sandiqni,
Oygullarni yutgan tilla baliqni
Eshitganing bormi enalaringdan.

Shaftolilar pishdi... kel deb chorlading,
Bormadim, to'kildi olmazorlaring.
Meni tinch qo'ymadi, ammo yodlaring,
Nafasingni tuydim jiydalaringdan.

Oqqushday ko'ngling oq, mening ichim dard,
So'radim Tangridan baxtingni faqat.
Bir bora muruvvat ayla, muruvvat,
Tentak bo'lib qoldim hiylalaringdan.

Aylanayin, sening ginalaringdan,
Sendan menga yuqqan kinnalaringdan.
Yuzingdan demayman, hech yo'qsa o'ptir
Qo'llaringga qo'ygan xinalaringdan.

P.S. bu she'r menga zo'rg'a olgan "3" imni eslatdi-yeee

@uch1nch1_dunyo