Get Mystery Box with random crypto!

Eski smartfoningizni Ucell’dan chegirma bilan yangi Honor’ga a | Ucell

Eski smartfoningizni Ucell’dan chegirma bilan yangi Honor’ga almashtiring!

Bayramda smartfoningizni yangilang – eski smartfoningizni yaqin atrofdagi Ucell ofisiga olib keling va quyidagilarni oling:

1. Eski smartfonning baholashda belgilangan qiymati hajmidagi chegirma;
2. Honor smartfoni xaridida 600 000 so‘mgacha qo‘shimcha chegirma;
3. Yangi abonentlar uchun “Doimiy 50” tarifiga 3 oylik ulanish – sovg‘a.

Bu qanday ishlaydi:
• Ucell xodimlari Sizning ishtirokingizda smartfoningizni baholash ishlarini o‘tkazishadi va uni sotib olishning aniq qiymatini aytishadi.
• Siz “Trade In” dasturi bo‘yicha barcha maxsus takliflarni hisobga olgan holda yangi smartfon tanlaysiz.
• Yangi smartfon xarid qilish uchun narxidagi farqini – naqd pulda yoki bank kartasi orqali to‘lash, yoxud muddatli to‘lov rasmiylashtirish mumkin.

“Trade In” dasturi bo‘yicha bitimni amalga oshirish uchun O‘zR pasporti yoki ID-kartasining asli kerak bo‘ladi.

Taklif cheklangan.

Batafsil: www.ucell.uz/3kdf.