Get Mystery Box with random crypto!

23 aprel kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekistonlik. | Ucell

23 aprel kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning turli burchaklarida muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar, jumladan Uzbekistan’s club rezidentlari va media rezidentlari ishtirok etadi.

Xalqaro forum doirasida O‘zbekistonlik filmining uchinchi epizodi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek tadbirda Aral Dream tashkilotining Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi bilan hamkorlikdagi yangi loyihalari taqdimoti va xorijdagi vatandoshlarimiz hamda media rezidentlar ishtirokida quyidagi mavzular:

1. Inson kapitali
2. Ilg‘or texnologiyalar
3. Kreativ sohalar va mamlakat imidji;
4. Yashil iqtisodiyot va Orolbo‘yi muammolari

Bo‘yicha muhokamalar paneli bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro forum O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari shu jumladan Ucell kompaniyasi shuningdek O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi.