Get Mystery Box with random crypto!

Dear 2022 thanks for the memories ~Yil qanday boshlandi? We | 𝑼𝒃𝒂𝒚𝒅𝒖𝒍𝒍𝒂𝒆𝒗𝒂_𝒎𝒆 🇺🇿🇺🇸

Dear 2022 thanks for the memories
~Yil qanday boshlandi? Westminsterda o'qib yurgan paytlarim, talabaman, o'zimcha ishlamoqchi bo'ldim private schoolga interviewga bordik dugonam bilan, yosh bolalarga dars o'tish uchun. Tabiiyki, ish uchun ko'p tajribali nomzodlar turganda 18 yoshli qizlarni qabul qilish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Lekin bu men bilan bo'lgan birinchi interview.

~Keyinroq, fondga hujjat topshirish jarayonlari, hujjatlar qabul qilinganidan so'ng asosiysi suhbat jarayoni edi. Suhbat uchun roppa-rosa 1 oy vaqt ichida tayyorlandim. Kimlar bilan? Ustozlarim, US dagi fonddan ketgan sinfdoshlarim va ularning yonidagilar. Bilasizki, O'zbekiston va America vaqtlari biroz farq qiladi, shuning uchun kuniga ertalab va kechqurun kamida 1 soat suhbat qildik. Suhbat eng muhim jarayon bo'lgani uchun, astoydil harakat qildim. Har kuni menga berilishi mumkin bo'lgan savollarni ko'rib chiqardik. 12-14 nafar davlat
xodimlari va professorlar oldida bir so'zni topib gapirish osonmas. Lekin shu bir oy davomida tinimsiz tayyorgarlik nutqimni rivojlantirgan deb o'ylayman.

~7-mart kuni suhbat jarayoni bo'lib o'tdi, chiqqan natijamdan men g'oliblar qatorida bo'lishim kerak edi. Xursandchilik. 8-mart qizlar bilan tug'ilgan kun va bayram nishonladik. O'shanda aytdim endi Americaga ketaman deb, ishonganlar ishondi, ishonmaganlar e'tibor qilishmadi. 12-aprel mening tug'ilgan kunim va o'sha kun natijalar e'lon qilindi, bu eng katta sovg'a bo'ldi 19 yoshim uchun!

~Keyin hammadan tabriklar, xursandchilik, nishonlash... Ustozlarim, ota-onam menga nisbatan faxr tuyg'usini his qilishlari... Qishlog'imdagilarga farzandini o'qitishi uchun bir sabab bo'la olganim...

~US ga kelish uchun harakatlar boshlandi, visa olish, bilet olish, kerakli narsalar. Ketishga oz vaqt qolganda odamni ketgisi kelmasligi...

~Ming hayajonlar bilan "Sehrli diyor" ga kelish. Birinchi marta Toshkentdan boshqa joyga bormagan qiz Americaga ketishi. Samalyotdagi birinchi parvoz, chamadonlar bilan aeroportda 2 kunlab yurish, xuddi Americada hech nima yo'qdek hamma narsa olib olganman.

~US ga yetib kelish, o'qishni boshlash, yangi hayot, yangi odamlar, yangi do'stlar. Har xil millat vakillari, boshqa taomlar, o'zini ba'zan yolg'iz his qilish, xursandchilik, o'z-o'zimdan faxrlanish hissi.

~O'zim uchun javobgarlik, mas'uliyatlilik, o'zim uchun, oilam uchun harakat qilish katta farzand sifatida. O'zimni boshqalarga taqqoslamaslik, hamma narsa uchun sabr qilish.

~Yangicha fikrlash, yangicha rejalar, maqsadlar bilan yangi yilni kutish!!!



@Ubaydullaeva_me with love

Commentda esa siz bu yil erishgan eng katta yutug'ingizni yozib qoldiring va reaksiya bosing