Get Mystery Box with random crypto!

Yaponiyada temiryoʻl stansiyasi uch yil birgina yoʻlovchi uchu | Dilbar O'rinboyeva

Yaponiyada temiryoʻl stansiyasi uch yil birgina yoʻlovchi uchun ishlagan

Bir necha yil davomida Yaponiyaning Hakkaydo orolidagi Kami Shirataki vokzalida birgina yoʻlovchi - oʻquvchi qiz maktabga borib kelishi uchun poyezdni kutgan. Poyezd qizchani maktabga olib ketib, qayta olib kelish uchungina kuniga ikki marotaba yo‘lga chiqar edi.

2013-yilda yapon temiryoʻl boshqarmasi Kami Shirataki stansiyasini yoʻlovchilar yoʻqligi va hududga yuklar kelishi kamayganligi sababidan yopishga qaror qiladi.
Lekin bu poyezdda har kuni qizchani maktabga qatnashi kerakligi ma’lum bo‘lganidan soʻng, deyarli yoʻlovchisiz boʻlgan ushbu stansiyani yopish qarori bekor qilinadi.

Yanada qizig‘i, xodimlar har yili stansiyani ta’mirlab, qishda qorlarni kurab turishgan. Poyezdning yurish vaqti esa qizchaning dars jadvali asosida tuzilgan.

Kami Shirataki stansiyasi 2016-yil mart oyigacha ishlagan. O‘quvchi qiz maktabni bitirgandan soʻng yopilgan.
(Rus tilidan tarjima)

Qoyil qoldim...

@Shamsuddin_Sadruddin