Get Mystery Box with random crypto!

Kuniga kamida bir marta damaslarga ishim tushadi. Bu damaslard | Dilbar O'rinboyeva

Kuniga kamida bir marta damaslarga ishim tushadi. Bu damaslarda yuraverib, yaqinda yuragim yomon boʻlib qoladi. Mana bugun ham kamida 5 marotaba (!!!) xavfli, avariyaga tortadigan holat boʻldi. "Boʻldi, ketdik", deb oʻtiraman doim. Hech qanday atraksionga hojat yoʻq.

IIVning soʻngi hisobotida ham eng koʻp avtohalokatlar damaslarga toʻgʻri kelishi aytilgan edi.

Biznes egalariga tekin gʻoya. Agar pulingiz boʻlsa, shu damaslar koʻp qatnaydigan yoʻnalishlarga yo avtobuslar, yo yoʻnalishli taksi (marshrutka)lar qoʻysangiz yaxshi boʻlar edi. Anigʻini bilmadim-u, menimcha, foyda yaxshi boʻladi. Ham savob. Qancha odamlarni avtohalokatdan, asabiylashishdan, yurak siqilishdan saqlab qolishga sababchi boʻlasizlar.

Oʻzi umuman damas va matizlardan juda ehtiyot boʻlish kerak.

Transport vositalarini tartibga solish uchun radikal choralar koʻrish tarafdoriman.

Umrimda bunchalar mashina sotib olishga motivatsiya boʻlmagan edi. Tezroq yetqazsin ))

Haligacha oʻzimga kelganim yoʻq...