Get Mystery Box with random crypto!

TURON ZARMED universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 1-kurs | Zarmed University (Rasmiy)

TURON ZARMED universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 1-kurs iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan navbatdagi sayyor dars tashkil etildi.
Talabalar bu gal Mikroiqtisodiyot fanidan “Ivestitsion xarajatlar” mavzusi doirasida Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi "Bukhara City" direksiyasi davlat unitar korxonasiga tashrif buyurishdi.
Fan o‘qituvchisi Sh.A.Rahmatov tomonidan mavzu talabalarga tushuntirildi. Shu bilan birga talabalar "Bukhara City"ning qurilish loyihasi Investitsiya bo‘limi boshlig‘i F.Abdullaev tomonidan tanishtirildi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar amalga oshirilayotgan keng bunyodkorlik ishlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Talabalarga bevosita kafedra o‘qituvchilari K.Norova va G.Ravshanovalar hamrohlik qilishdi.

#sayyor_dars
#Ijtimoiy_iqtisodiy_fakulteti

Telegram Facebook YouTube Instagram