Get Mystery Box with random crypto!

30-mart kuni TURON ZARMED universitetida “O'zbekistonda yangi | Zarmed University (Rasmiy)

30-mart kuni TURON ZARMED universitetida “O'zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir qatnashchilari:
Respublika Inson huquqi madaniyati markazi rahbari - I.S.Umarov;
Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Sh.X.Bahronov;
Buxoro Yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari - S.Iskandarov;
Ichki ishlar Vazirligi Akademiyasi kafedra mudiri - A.A.Matchonov;
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat kengashi raisi - S.A.Ahadov

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad: Talaba-yoshlarimizga mustaqil yurtimizda so‘nggi yillarda qilinayotgan o‘zgarishlar va olib borilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlar haqida, xalq muhokamasiga qo‘yilgan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mohiyati, kiritilgan takliflar va amaldagi va yangilanayotgan Konstitutsiyadagi moddalar soni va ularning qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligi haqida gapirib berish. Asosiy Qonunimizdagi umuminsoniy g‘oyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ g‘oyalarga xizmat qilishi haqida so‘zlab berish va o‘tkazilishi kutilayotgan umumxalq referendumida faol bo‘lishlariga targ‘ib va tashviq etish.