Get Mystery Box with random crypto!

Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov 2022-2023 o‘quv yilida | CHDPU | Rasmiy kanal

Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov 2022-2023 o‘quv yilida xalqaro va milliy sport musobaqalarida munosib ishtirok etgan sportchilar va ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Biroz avval o‘tgan anjuman Stadion.uz veb-sayt manzilida yoritildi.


Biroz oldin yurtimizning nufuzli oliygohlari qatorida turuvchi Chirchiq davlat pedagogika universitetida ushbu oliygoh rektori hamda sportchi talabalar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sport sohasida xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan talabalarning erishgan natijalari sarhisob qilindi hamda ular munosib taqdirlandi.
Ushbu uchrashuvning bosh maqsadi quyidagicha edi: yurtimizda sport hamda pedagogika sohalarini parallel tarzda olib borish; yosh sportchilarni kuchli murabbiy qilib yaratish yo‘lidagi ishlar rejasini tuzish; mamlakatimiz aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarni oliygohlar kesimida ommaviy tarzda sportga jalb etish.

Batafsil https://stadion.uz/news/detail/387804 orqali tanishishingiz mumkin.