Get Mystery Box with random crypto!

#pedagogikaDiplomatiyasi Ayni paytda universitet profess | CHDPU | Rasmiy kanal

#pedagogikaDiplomatiyasi

Ayni paytda universitet professorlari Usarov Jabbor Eshbekovich, Himmataliyev Doʻstnazar Omonovich va Xo‘jamqulov Umid Nigmatovichlar Turkiya Respublikasining Egey universiteti Xalqaro ofisi hamda IKSAD instituti tomonidan amalga oshirilayotgan “Turk dunyosi o‘qituvchi-pedagoglarining o‘zaro tajriba almashinuvi va integratsiyalash loyihasi – TDEEABP, 2021-2025” doirasida xalqaro tajriba almashish o‘quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
Mazkur o‘quv kursi “Kreativ ta’lim metodlari va ta’lim menejmenti” mavzusida tashkil etilgan bo‘lib, kurs davomida universitet professor-o‘qituvchilarining “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri: Chirchiq tajribasi” mavzusida 12 soatlik ma’ruzasi ham rejalashtirilgan.
Kurs yakunida ishtirokchilarning “II Egey Xalqaro Kongressi”da ishtirok etishi kutilmoqda.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube