Get Mystery Box with random crypto!

ChDPU Kasaba uyushmasi tomonidan jamoa shartnomasi muhokamasig | CHDPU | Rasmiy kanal

ChDPU Kasaba uyushmasi tomonidan jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida fakultetlar va universitet tarkibiy tuzilmalaridan saylangan 84 nafar delegatlar ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibida 2023-2025 yillar uchun ishlab chiqilgan jamoa shartnomasi loyihasi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Konferensiya doirasida 60 yoshini qarshilagan Matematika va informatika fakulteti o‘qituvchisi Xolmurod Mengarov, shuningdek bir qator kasaba uyushma faoliyatida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan xodimlar va hamkor jamoat tashkilotlari mas’ullari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube