Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum_kundaligi Chirchiq davlat pedagogika univers | CHDPU | Rasmiy kanal

#Referendum_kundaligi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida Adliya vazirligi bosh maslahatchisi Omonjon Yoqubjonov ishtirokida konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Mazkur davra suhbati ishtirokchilari — Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibi maqsadlari bilan uyg‘un ekanini alohida qayd etdi.
Dunyo tajribasiga nazar tashlansa, tub burilish davrida konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilgani hamda islohotlar xalq tomonidan qo‘llab-­quvvatlangani va xalqning orzu-umidini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilgandagina ortga qaytmas tus olishini angladim, - deydi ChDPU talabasi Nafosat Abduxakimova.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube