Get Mystery Box with random crypto!

Barcha uchun manfaatli taklif Dasturlash va mantiq bo'yicha b | tutorials.uz

Barcha uchun manfaatli taklif

Dasturlash va mantiq bo'yicha bilimlarini oshirmoqchi bo'lgan va birgalikda bir jamoa bo'lib muammo ustida boshqotirishga qiziquvchan talantlarni 1 hafta davomida har kuni ma'lum soatda jamoaviy tarzda ishlashga taklif qilamiz.

Nima qilamiz?
— Dasturlash bo'yicha ingliz tilida beriladigan topshiriqlarni yechishga harakat qilamiz.
— Jamoaviy tarzda har bir masala ustida bosh qotiramiz
— Jamoada darajalar belgilanadi. Bu darajalar sizning har kungi natijangizga qarab oshib boradi.

Talablar qanday?
— Dasturlashni mustaqil kod yoza oladigan darajada bilishingiz (shart)
— Matematika bo'yicha yaxshi bilimga ega bo'lishingiz yoki
— Dasturchi bo'lib biror korxonada ishlashingiz yoki
Leetcode kabi platformalarda 30 tadan ortiq masalalar yechgan bo'lishingiz kerak bo'ladi.

Xo'sh, yuqoridagi talablarning qaysi birigadir mos kelasizmi? Unda darhol quyida izohlarda roziligingizni va qaysi soatlarda bo'lsa ma'qul bo'lishini yozib qoldiring!

@tutorialsuz | tutorials.uz | youtube