Get Mystery Box with random crypto!

Tush tabiri | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi tushtabiriofficial — Tush tabiri | Расмий канал T
Telegram kanalining logotibi tushtabiriofficial — Tush tabiri | Расмий канал
Kanal manzili: @tushtabiriofficial
Toifalar: Esoterics
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.30K
Kanalning ta’rifi

Assalomu-alaykum! Ushbu kanal orqali biz sizlarga Ibin Sirin (r.a) dan bayon etilgan tush tabirlaridan bohabar etib boramiz.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagon zot Allohdir.
Vallohu alam!
Savollar b/n
Admin: @ProfilUzo ga murojat qiling

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2019-10-29 06:22:31 Mebel

Mebel rohat belgisi
451.5K views03:22
Ochish/sharhlash
2019-09-01 14:02:37 O'tin. O’tin dindagi munofiq kishilarga dalolat.Agar o’tin yorsangiz, o’ngda do’stlar bilan ayrilasiz.O’tin orqalasangiz ko’p mehnat bilan oz topasiz.
476.5K views11:02
Ochish/sharhlash
2019-09-01 10:36:55 Ho’kiz quvishi

— ko’ngilsizlik, kasallik
470.5K views07:36
Ochish/sharhlash
2019-09-01 09:42:12 XAMIR QORMOQ (XAMIR KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, undan xamir qormoq dinning durust bo‘lishini bildiradi. Tushda bug‘doy unidan xamir qorayotganini ko‘rsa, tijoratdan mol hosil bo‘lishini bildiradi. Oshgan xamir yaxshilikka dalolat qilmaydi. Tushda tariq unidan xamir qormoq arzimas foydani bildiradi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida xamir topsa yoki sotib olsa yoki kimdir unga bersa, agar bu xamir arpa unidan bo‘lsa, dindorligi va solihligiga dalildir, bordi-yu bo‘g‘doy unidan qilingan bo‘lsa, uning mikdoricha tijoratdan hosil bo‘ladigan molga, agar tariq unidan qilingan bo‘lsa, ozgina molni bildiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi xamir uch narsaga dalildir: din borasida ziyodalikka; foydaga; halol molga.
470.7K views06:42
Ochish/sharhlash
2019-09-01 09:38:13 Tushda cho’kish. Kim tushda o’zining cho’kayotganini ko’rsa, u ko’p gunoh qilayotganligiga ishora. Kim cho’kib o’lsa, o’ngda bid’at ishga aralashib ketadi. Kim cho’kayotib qo’l va oyoqlarini harakatlantirib chiqib ketsa, o’ngda u dunyo ishiga sho’ng’ib boylikka erishadi.
454.7K views06:38
Ochish/sharhlash
2019-09-01 09:32:10 Tuproq. Ko’pincha ne’matlarga, chorva hayvonlariga, dunyo va uning ahliga, shuningdek, faqirlik, mayit hamda qabrga ham, yana ayolning moli yoki bokiralik qoniga ham dalolat qiladi.
447.9K views06:32
Ochish/sharhlash
2019-09-01 09:27:29 O’pish tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot
O’pish tushda Nobulsiy: U tushda hojatning ravo bo’lishi va dushman ustidan g’olib bo’lishdir. Kim tushida bir kishini o’psa yoki unga aralashsa yoki shahvat bilan yotsa, u hojatiga erishadi.

Agar o’pishi shahvat uchun bo’lsa, qiluvchi qilinmish tomondan bo’lsa, ehson, ta’lim, ilm, yaxshilikka hidoyat kabi yaxshilikka erishadi. Agar bo’sa shahvatsiz bo’lsa, o’sha narsalarga qili nishi qiluvchi tomonidan u va u g’ulom bolaning orasida do’stlik paydo bo’ladi.

Agar saltanat egasini o’psa, uning makonini olur. Agar qozi yoki podshohni o’psa, o’sha qozi yoki podshohning so’zini qabul qilur. Agar uni qozi o’psa, u qozi tomonidan yaxshilikka etishur.

Shuningdek, har bir imom va raislar ham. Agar uni ota yoki bolasi o’psa, u balog’atga etgan bo’lsa, undan yoki uning otasida naf olur. Agar kishi o’z o’g’lini shahvat bilan o’pganini ko’rsa, u farzandiga qoldiradigan moldunyo yig’adi. Agar o’pish shahvatsiz bo’lsa, o’g’il yoki onasi tomonidan yaxshilik, xursandlik va shoddikka eringur.

Agar bir kishi birovning ko’zidan o’pganligini tushida ko’rsa, uylanadi. Agar bir kishi uning ko’zini o’psa, u erkak va ayollarning orasini jamlaydi. Alloh saqlasin! Do’stning og’zidan o’pish dinorni qo’lga kiritish, chakka yonog’ini o’pish dirhamdir. Ayolning o’pishi iqbol va do’st tomonidan bo’lgan salomdir.

Kampirning o’pishi aytilgan gapdan uzr so’rashdir. Bo’y etgan qizning o’pishi xamr idishidir. Olim kishi chiroyli ayolni o’psa, Qur’on o’qiydi. Agar dunyoni yaxshi ko’rsa, u dunyodir. Kim Alloh tomonidan o’pganini tush ko’rsa, haj qiladi va hajarul asvadni o’padi.
459.4K views06:27
Ochish/sharhlash
2019-09-01 09:23:53 Quvlamoq. Yaxshi odamni quvish omadsizlik, hayvonni haydash ehtiyotkorlik, mashinani haydash ahvolni yaxshi tomonga o'zgarishi, yer haydash turmush qurishga ishora.
440.0K views06:23
Ochish/sharhlash
2019-08-17 09:08:54 Hayz. Hayzdan to’xtagan ayol hayz ko’rsa, u farzanddir. Agar ayol kishi qon ko’rsa, u bir gunoh ishda bo’ladi. Kim tushida ayoli hayz ko’rganini ko’rsa ishi kasodga uchraydi.
442.1K views06:08
Ochish/sharhlash
2019-08-14 08:05:58 Sovchi. Tushga sovchi kirsa, o’ngda qarindoshlaringiz bilan kelishmovchilik yuz beradi, sizga achchiq gaplar aytishadi, g’iybat qilishadi. Tushda o’zingiz sovchi bo’lsangiz va notanish qizni kimgadir unashtirayotgan bo’lsangiz, o’ngda biron erkak bilan tanishasiz.

Agar tushda o’zingizga sovchi kelgan bo’lsa, o’ngda hayotingizni o’zgartirib yuboradigan qarorga kelar ekansiz. Birovning uyiga sovchi bilan birga kelgan bo’lsangiz va gap-so’zlarning borishini kuzatib borsangiz, o’ngda biron masalada tashabbusni qo’lga olasiz.

Sog’ayish.                                        Tushingizda              o’zingizning

sog’ayayotganingizni ko’rsangiz, turmush tarzingiz ustida o’ylab ko’rishingiz zarur.

Sod surasi. Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Sod surasini o’qisa, dalildirki, boyligi ko’payadi.

Soj (issiq mamlakatlarda o’sadigan baland bo’yli daraxt; xdnd emani). Soj daraxti — podshoh yoki olim yo shoir yoxud munajjimdir.

Soy. Kimki tushida soy bo’yida turganini ko’rsa, yuksak martaba egasi bo’lishidan dalolat. Ammo soy bo’yida turib, birdan soyga tushib ketsa, o’ngida qandaydir bir taxlika bor.

Tushida soyga tushib ketsa va keyin undan mashaqqat bilan suzib chiqsa, o’ngida barcha qiyinchiliklardan qutilishini, suzib chiqolmasa, tashvishli va mashaqqatli kunlarni boshdan kechirishini bildiradi.
449.4K views05:05
Ochish/sharhlash