Get Mystery Box with random crypto!

#Sirg'a SIRG‘A (GO‘SHVORA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, | Tushlar manosi | Tushlar ma'nosi | Tushlar ta'biri kanali

#Sirg'a

SIRG‘A (GO‘SHVORA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida har ikki qulog‘ida sirg‘a borligini ko‘rsa, uning oroyishi va go‘zalligi ziyoda bo‘lishiga dalildir. Tushida har ikki qulog‘ida qimmatbaho marvarid osilib turganini ko‘rsa, ilm hamda Qur’on o‘rganishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida har ikki qulog‘ida sirg‘a borligini ko‘rsa, izzat va ulug‘lik topishiga dalildir.

Gar erkak tushida xotinining qulog‘ida ikkita sirg‘a borligini, biri tilladan va ikkinchisi kumushdan ekanini ko‘rsa, xotiniga taloq berishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda sirg‘a ko‘rish to‘rt narsaga dalildir: ziynat va go‘zallikka ega farzandga; ilm va Qur’on o‘rganishga; ulug‘likka; xotinni taloq qilishdan yetadigan g‘am va anduhga.

@Tushlar_tabiri_kanali