Get Mystery Box with random crypto!

Sport musobaqasi bo'lib o'tdi Tuman markaziy ko'chasida 'Yosh | 🌐 TO`RTKO`L_PRESS🇺🇿 (Rasmiy kanal)

Sport musobaqasi bo'lib o'tdi

Tuman markaziy ko'chasida "Yoshlar forimi-2021" doirasida kross sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqada tumandagi xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablaridagi sportchi yigit-qizlar ishtirok qildilar.
Tadbirda To'rtko'l tuman hokimligi, Turizm va sport bo'limi, xalq ta'limi, bo'limi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok qildilar.
Musobaqa yakunida 51-sonli maktab o'quvchisi Suyun Mahmedov, 18-sonli maktab o'quvchisi Javohir Xalmuratov va 1-sonli kasb-hunar maktabi o'quvchisi Shodlik Avezov o'g'il bolalar o'rtasida g'olib bo'lgan bo'lsa, qiz bolalar o'rtasida 41-sonli maktabdan Feruza Xabibullaeva, 34-maktab o'quvchisi Arzu Iskenderova va 18-sonli maktab o'quvchisi Zinnura Nuraddinovalar g'alabaga erishdilar.