Get Mystery Box with random crypto!

'O‘rta asrlarni eslatadi' — Andijon tuman hokimi 'o‘ziga xos' | Olimbek Tursunov / Uz Blog

"O‘rta asrlarni eslatadi" — Andijon tuman hokimi "o‘ziga xos" uslubda qabul o‘tkazdi

Abdujabbor Egamberdiyev tuman fuqarolarini noan’anaviy tarzda qabul qilgan.

Hokimlik matbuot xizmati e’lon qilgan rasmlardan ko‘rinishicha hokim ayvonda, qabulga kelgan fuqarolar esa ayvonning pastida (ostonasida) o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. "O‘rta asr xonliklari davrini eslatmoqda", deb yozdi foydalanuvchilardan biri izohlarda.

Hokimlik axborot xizmati nima uchun hokim va uning o‘rinbosari fuqarolar bilan masofa saqlab suhbatlashayotganiga izoh bermagan.

Andijon xabarlari