Get Mystery Box with random crypto!

#49_yillik_umr #Onajon_diplomingiz_muborak Onam bu dunyodan 4 | Olimbek Tursunov / Uz Blog

#49_yillik_umr
#Onajon_diplomingiz_muborak

Onam bu dunyodan 47 yil umr ko'rib vafot etdi. Onamni hayotida 2 muhim vazifam bor derdi, senga vatan (uy) olib berishim hamda o‘qitib diplom olib berishim derdi. Onam tinimsiz, dam olish kunisiz, dam olish yilisiz ishladi, pul topdi. Eng katta orzuim diplom olsam, onamga maqtanib olib borish, syurpriz qilib ko‘rsatish edi. Ona mana o‘sha siz kechasi uyqingizdan, kunduzi darmoningizdan, salomatchilingizdan voz kechib o‘qitganingiz samarasi. Eski ko‘ylak, cheti yirtilgan tapochka kiyib, menga pul uzatib o'qigin degan onam.

Onam kasalxonada. Ko‘rgani borgandim. Onam:

-- Keldingmi, ishlaring qale, o‘qishing qale?
-- Yaxshi hammasi joyida...
-- Ishni deb o‘qishni tashlab qo‘ymagin. Bir nima qilib, diplomni olgin ertaga men yo‘q bo‘lsam shu seni himoya qiladi.
-- Senga oxirgi qilib berganim shu. Kontraktingni endi o‘zing to‘lagin. Agarda eplolmasang mayli bir gap bo'lar, hayot o'zi bir yo‘lga boshlar.
-- Yo‘q ayajon, kontraktni yarmini Yoshlar ishlari agentligi, yarmini esa ADU qoplab beryapti.
-- Ha, yaxshi, bir nima qil endi bu yog‘iga ishqilib diplom olib ol.

Onam diplom oladigan kunimni ko'rmoqchi edi. Ko'rishi shart edi.
Sizning salomatchilingiz evaziga kelgan aslida bu diplom.

Onajon diplomingiz muborak bo‘lsin!

https://t.me/Tursunov_Olimbek