Get Mystery Box with random crypto!

“Turonbank” ATB mijozlari diqqatiga! Moliya muassasamizning b | Turonbank

“Turonbank” ATB mijozlari diqqatiga!

Moliya muassasamizning barcha mijozlariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va bankimizda olib borilayotgan zamonaviy transformatsiya jarayonlarining dastlabki ijobiy o‘zgarishlari haqida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

“Turonbank” ATB 2022 yilning 31 avgustidan 4 sentabrigacha bo‘lgan davrda yangi “Colvir Banking System” avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tishni rejalashtirgan. U orqali mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, barcha hududiy bo‘linmalarni yagona MFOga o‘tkazish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, “Basel III” talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi tashkiliy va funksional tuzilmani joriy etish imkoniyatlari yaratiladi.

Shu munosabat bilan yangi tizimga o‘tish vaqtida tizimda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida quyidagi havolalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Jismoniy shaxslar uchun.

Yuridik shaxslar uchun.