Get Mystery Box with random crypto!

Aziz vatandoshlar! Hurmatli tadbirkorlar! Mamlakatimizning ko | Turon24/7

Aziz vatandoshlar! Hurmatli tadbirkorlar!

Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo'lini ochib bergan O'zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami bilan barchangizni, Siz orqali butun xalqimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

“Parrandasanoat” uyushmasi jamoasi bugungi eng ulug‘ bayram bilan eng avvalo istiqlolni oliy qadriyat deb biluvchi, xalqimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan, qolaversa, parrandachilik sohasida fidokorona faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Ilohim, tinchlik-omonlik, fayz-u baraka O‘zbekistonimizni hech ham tark etmasin! Barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz.

Erishayotgan yutuqlarimiz bardavom, turmushimiz farovon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

“Parrandasanoat” uyushmasi jamoasi