Get Mystery Box with random crypto!

Турли-туман

Telegram kanalining logotibi turlitumanabs — Турли-туман Т
Telegram kanalining logotibi turlitumanabs — Турли-туман
Kanal manzili: @turlitumanabs
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Турли хил хабарлар, маълумотлар, тарих, озгина юмор ва шахсий қарашлар

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-30 14:32:56
Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifatida imtihonga kirib ko’rsa bo’ladimi?

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Ma’lumki, 15-iyuldan boshlab o’qishni ko’chirish, jumladan xorijiy OTMlardan perevod qilish bo’yicha arizalar qabul qilish boshlanadi. Bunda xorijdan perevod qilayotganlar ham pul to’lab, testga kiradi va yetarli o’tish balini to’plasa, O’zbekistonga o’qishini ko’chirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijda o’qiyotganlar oddiy abituriyent sifatida davlat OTMlariga 5 tagacha yo’nalish tanlab, hujjat topshirishlari ham mumkin. Boshqacha aytganda, ular 2 marta omadlarini sinab ko’rsa bo’ladi. Agar ikkalasi ham ijobiy natija bo’lib qolsa, unda istaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-kursdan yangi kirgan joyida o’qiydi, xohlasa o’qishini ko’chirgan joyda ruxsat berilgan kursdan tahsil olishni boshlaydi.

Bunga hech qanday cheklov yo’q.

To’lovni ikkalasiga alohida qiladi, chunki 2 ta testga kiradi.

Yuqoridagi xuddi shu tartib O’zbekistondagi nodavlat OTMlarda o’qiyotgan talabalar uchun ham bir xil. Ular ham o’zlarini ikki marta sinab ko’rsa bo’ladi.


@xushnudbekuz
11 views11:32
Ochish/sharhlash
2022-06-30 14:32:56
Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o’qish niyatingiz bo’lsa, hozirdan o’sha yerga topshiring. Perevodni unuting.

Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo’laman degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu, tibbiyot qayerda.

Shifokor bo’lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o’qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo’nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo’ling.

Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko’zbo’yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.

Yana bir iltimos, qaysi hududda o’qish sizga qulay bo’lsa, o’sha hududga topshiring.

O’zingiz farg’onalik bo’la turib, ball pastroq bo’larkan deb uzoq hududga hujjat topshirib, keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim sizni boshqa hududga topshirsin deb majburlayotgani yo’q, qarorni o’zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o’zingiz javob bering endi shunga.

Sharoitingiz bo’lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo’lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.

Kelajagingiz uchun mas’uliyatli bo’ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing.


@xushnudbekuz
6 views11:32
Ochish/sharhlash
2022-06-30 14:32:56
DTM saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
5 views11:32
Ochish/sharhlash
2022-06-30 14:32:56
“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
#abituriyent

JAVOB: Parolni tiklash kerak.

Ko’pchilik abituriyentlar o’tgan yili DTM saytida ro’yxatdan o’tgan telefon raqami bilan yana bir marotaba ro’yxatdan o’tishga urunishmoqda. Natijada ularga “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan!!!” degan ogohlantirish chiqmoqda (1-rasm).

Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

Eng avvalo shuni bilingki, agar telefon raqam tizimda bor bo’lsa, unda siz qayta ro’yxatdan o’tishingiz shart emas. Sizga “Tizimga kirish” yoki “Parolni tiklash” funksiyalari yordam beradi.

1-variant: o’tgan yilgi parolingizni yoddan bilsangiz, unda “Tizimga kirish” degan joydan telefon raqamingiz orqali qayta tizimga kiring (2-rasm).

2-variant: agar o’tgan yilgi parolni eslay olmasangiz, unda bu ham vahimali emas. Shunchaki, quyidagi amallarni bajaring:

a) “Parolni tiklash” sahifasiga kiring. Telefon raqamingizni va so’ralgan matematik amalni kiritib, “Parolni tiklash” tugmasini bosing (3-rasm);

b) 5100 raqamidan telefoningizga kelgan 6 ta harfli parolni kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing (4-rasm).

c) yangi parol qo’ying va “Kirish” tugmasini bosing (5-rasm).

Bo’ldi, qarabsizki siz o’z telefon raqamingiz bilan tizimga kirdingiz.


@xushnudbek
5 views11:32
Ochish/sharhlash