Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib | Турли-туман

Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qaysi toifadagi shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi to‘lovlarda chegirma mavjud?

Quyidagi toifadagi shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno. Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz! https://t.me/turlitumanabs