Get Mystery Box with random crypto!

Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifati | Турли-туман

Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifatida imtihonga kirib ko’rsa bo’ladimi?

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Ma’lumki, 15-iyuldan boshlab o’qishni ko’chirish, jumladan xorijiy OTMlardan perevod qilish bo’yicha arizalar qabul qilish boshlanadi. Bunda xorijdan perevod qilayotganlar ham pul to’lab, testga kiradi va yetarli o’tish balini to’plasa, O’zbekistonga o’qishini ko’chirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijda o’qiyotganlar oddiy abituriyent sifatida davlat OTMlariga 5 tagacha yo’nalish tanlab, hujjat topshirishlari ham mumkin. Boshqacha aytganda, ular 2 marta omadlarini sinab ko’rsa bo’ladi. Agar ikkalasi ham ijobiy natija bo’lib qolsa, unda istaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-kursdan yangi kirgan joyida o’qiydi, xohlasa o’qishini ko’chirgan joyda ruxsat berilgan kursdan tahsil olishni boshlaydi.

Bunga hech qanday cheklov yo’q.

To’lovni ikkalasiga alohida qiladi, chunki 2 ta testga kiradi.

Yuqoridagi xuddi shu tartib O’zbekistondagi nodavlat OTMlarda o’qiyotgan talabalar uchun ham bir xil. Ular ham o’zlarini ikki marta sinab ko’rsa bo’ladi.


@turlitumanabs