Get Mystery Box with random crypto!

#Foydali_Malumot! Muloqot madaniyati - Konuşma kültürü M | | TURK TİLİ | ONLİNE 🇹🇷

#Foydali_Malumot!

Muloqot madaniyati - Konuşma kültürü

MUROJAAT ETISH - MÜRACAAT ETME

Turk tilida rasmiy idoralar, ko‘cha-ko‘yda kishilar o‘rtasidagi murojaat shakllari o‘ziga xos. Masalan, ko‘chada yoshi notanish bo‘lgan kishilarga, hurmat ma’nosida, uning otini bilmagan taqdirda Beyefendi, ayollarga nisbatan esa Hanımefendi deya murojaat qilgan ma’qul. "Xonim" ma’nosida Bayan so‘zi ham qo‘llaniladi. Mabodo murojaat qilinguchi shaxsning ismi ma’lum bo‘lsa, uning ismiga - erkaklarga Bey, ayollarga Hanım so‘zlari qo‘shib aytiladi. Masalan: Bülent Bey, Emin Bey; Erksin Hanım, Ayşe Hanım kabi.

Ustozlarga, o‘quv yurti domlalariga nisbatan Hocam (domlam), Öğretmeni (o‘qituvchim) deb murojaat etiladi. Muhimi, bunday so‘zlarga doimo egalik qo‘shimchasi qo‘shib aytiladi va u kishining o‘ziga yaqinligi ta’kidlanib, hurmat okuchaytiriladi.

Rasmiy yig‘inlarda, odatda, majlis ahliga Sayın Bayanlar ve Baylar (Muhtaram xonimlar va janoblar), Saygıdeğer misafirler (Hurmatli mehmonlar), Sayın bilimadamlari (Muhtaram olimlar) deb murojaat qilinadi.

Katta yoshdagilar bolalarga qarata Evladım, Çocuğum (farzandim, bolam), erkalab Bebeğim, Yavrum deb murojaat qiladilar.

O‘zbek tilidagi notanish bo‘lgan kattaroq yoshdagilar yoki o‘z tug‘ishganlariga nisbatan qo‘llaniladigan "aka" so‘ziga turkchada Ağabey (abi), "opa" so‘ziga - Abla, "amaki"ga - Amca, "xola"ga Teyze so‘zi mos keladi.

Ko‘cha-ko‘yda notanish kishilardan biror narsa haqida so‘ralmoqchi bo‘lganda Lütfen söyler misiniz? (Lutfan aytolmaysizmi?), Affedersiniz, bir şey sorabilir miyim? (Kechirasiz, Sizdan bir narsa so‘rasam maylimi?) deb so‘z boshlagan ma’qul.
Muloqot yakunida Teşekkür ederim // Teşekkürler deya unga minnatdorchilik bildiriladi...

Kаналга уланиш
http://t.me/turktili_online
http://t.me/turkcha_organish