Get Mystery Box with random crypto!

9 may xotira va qadrlash kuni. Bu kuni shu yurt uchun, shu mil | Tokhir Yodgor | Turkiyadagi ta’laba blogi.

9 may xotira va qadrlash kuni. Bu kuni shu yurt uchun, shu millat uchun o‘z jonini fido qilgan insonlarni xotirlaymiz, qadrlaymiz va unutmaymiz.

•Xonlar, amirlar, radikal dindorlar ta’siri ostida jamiyat tomonidan yo‘li to‘silgan, qurbon qilingan ilk O‘zbek jadidlari va ziyolilarini

•Turkistonga Ruslar bosqini vaqtida shahid ketganlarni va Stalin tomonidan qatag‘on qilingan minglab yurtdoshlarimizni, shu jumladan jadid va ziyolilarni ham

•Ikkinchi jahon urushida sovet imperiyasini himoya qilaman deb qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizni

•Afg‘on urushi ishtirokchilarini

•Millatimizning o‘tib ketgan barcha olimlar, shoirlar, ziyolilarni,
Shu yurt uchun jonini fido qilganlar, uning rivojiga hissa qo‘shganlarni joyi jannatda bo‘lsin, xotiralari abadiy yashasin.

Sizlarni faxr ila eslaymiz va sizlarga mos avlod bo’lishga harakat qilamiz.

@turkiyadagitalaba