Get Mystery Box with random crypto!

Yuqoridagi qabul bo'yicha tushuntirish: Masalan Eshmat Alaadd | Turkiyadagi Talabadan...| Yulduzlar tomon

Yuqoridagi qabul bo'yicha tushuntirish:

Masalan Eshmat Alaaddin Keykubat universitetiga diplom baholari bilan online murojaat qildi. Bu murojaat davomida 7 ta fakultet tanladi.

Endi Eshmat bu murojaatni tasdiqlatishi uchun 7-sentabr kuni soat 12 gacha hujjatlari bilan birga Antalyaning Alanya shahrida joylashgan bu universitetga kelishi kerak. Agar o'zi kela olmasa Turkiyadan biriga vakolat berib, hujjatlarini shu kishiga berib yuborishi kerak.

Bir soat universitetda kutib, 13:00 da natijalar e'lon qilingandan keyin agar universitetga qabul qilingan bo'lsa, Eshmat yoki uning vakolat bergan kishisi hujjatlarni universitetga taqdim qilib, qaysi fakultetga kirgan bo'lsa, o'sha fakultetning yarim yillik kontraktini to'lab registratiyadan o'tishi kerak.

Universitet nega bunday shart qo'ydi?

Chunki ko'plab online murojaat qilgan kishilar, universitetga qabul qilinsa ham, vaqtida universitetga kelib ro'yxatdan o'tmay shunchaki joyni band qilishgan. Va asil o'qimoqchi bo'lgan, lekin diplom baholari sal pastroq bo'lgani uchun qabul qilinmagan kishilarning haqqini yeyishgan.

Shunchaki online murojaat qilib, keyin o'qimay qoladigan kishilar tufayli har safar joylar bo'shab qolavergan.(Mening boshimga kelgan, bularning ham boshiga kelibdi ).

Endi buning oldini olish va ha deb qabul ochavermaslik uchun. Agar rostan o'qimochi bo'lsang, ozroq risk olib, universitetga kel Eshmat deyapti.

Ha, savol tug'iladi agar qabul qilinmay qolsachi? Eshmat Turkiyaga borganiga kuyadimi?

O'rinli savol. Universitet buni o'ylab, bu riskni eng kam foizga tushurish uchun 7 ta fakultet tanlash imkoniyati bergan. Bundan tashqari Eshmatning Turkiyaga kelishi shart ham emas.

Misol uchun Salohiddin akasiga yoki boshqa biror tanishiga «Aka vakolatni sizga berib, hujjatlarimni sizga yuboraman. Barcha borib kelish harajatlaringizni ko'taraman va o'qishga qabul qilinsam, sizni rozi qilaman» deb yo'l tutsa ham bo'ladi.

Agar shundayam kirolmasa(katta ehtimol bilan qabul qilinadi baholari yaxshi bo'lsa) o'sha yo'l harajatlariga kuyadi xolos.

Lekin bu kichik risk olinishga arziydi menimcha. Ayniqsa chiroyli va katta shaharda ishlab, o'qiyman deganlar uchun. Antalyani sizga anglatishim shart emasdir. Dengiz bo'yidagi go'zal universitet. (So'raydiganlar uchun Top-1000 ga kirmagaaaan!)

Xullas, savol yordam va murojaatlar uchun @Salokhiddin_Uzb orqali yozishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
@turkiyadagi_talabadan