Get Mystery Box with random crypto!

Tish doktoriga borganda ishlatiladigan iboralar Bugungi darsd | |🇹🇷 Turk Tilini O'rganamiz 🇹🇷|

Tish doktoriga borganda ishlatiladigan iboralar

Bugungi darsda tish doktoriga borilganda ishlatiladigan gaplarni birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.

Bir diş doktoru bulabilir miyiz? Dişim ağrıyor.
- Bir tish doktori topsak bo’ladimi? Tishim og’riyabdi.

Evet, otelin karşısında bir doktor var.
- Ha, mehmonxonaning qarshisida bir doktor bor.

Probleminiz nedir?
– Shikoyatingiz nima?

Dişim ağrıyor.
– Tishim og’riyabdi.

Peki. Oturun ve ağzınızı açın.
- Ho’p. O’tiring va og’zingizni oching.

Şu anda ağrı hissediyor musunuz?
- Hozir og’riqni his qilyabsizmi?

Evet. Sanırım apse yaptı.
– Ha, menimcha yiringlagan.

Hayır, apse yok. Sadece dolguya ihtiyacınız var.
– Yo’q, yiringlamabdi. Faqatgina plomba qilish kerak.

Burada ne kadar süre kalacaksınız?
– Bu yerda necha kun qolasiz?

Yarın döneceğiz.
– Ertaga qaytaman.

Yapabileceğim tek şey geçici dolgu.
– Vaqtinchalik plomba qo’ya olaman.

Azizlar, tish doktoriga borganingizda tishingiz og’riyotganligini qanday qilib anglatishni birgalikda tingladik. Bu gaplarda tish klinikasining qayerda joylashganligi, tishning yiringlab ketishi va tish plombasi kabi ma’lumotlar oddiy jumlalar yordamida ifoda etildi.
Keling endi, gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini birgalikda o’rganishga harakat qilaylik.

Diş doktoru – Tish doktori
Ağrı – Og’riq
Oturmak - O’tirmoq
Ağız – Og’iz
Hissetmek – His qilmoq
Dolgu – Plomba
Dönmek – Qaytmoq

@turk_tilini