Get Mystery Box with random crypto!

​​# ​​Kitob tanlashda ko’proq nimalarga e’tibor berish lozim? | Tolibi ilm

​​#
​​Kitob tanlashda ko’proq nimalarga e’tibor berish lozim?

Avvalo kitob muqovasiga, muallif va qaysi nashriyotdan chiqqaniga, kitob sizga kelajakda foydali bo’lishiga e’tibor bering. Arzon ikkita kitobdan, bitta sifatli kitob afzal!

Dunyoda umuman yomon kitoblar yo’q deyish noto’g’ri. Yomon kitoblar ko’p, buni bilish uchun o’qiganlar tavsiyasiga bir qiziqib ko’ring.

Aynan kitobni muqovasi yoki nomiga qarab tanlash doim ham foyda bermaydi, chunki shunday asarlar bor-ki, nomiga umuman mos emas.

Agar kimningdir tavsiyasi bilan o’qimoqchi bo’lsangiz, tavsiya qilingan kitob haqida ko’proq ma’lumot oling (ba’zan bu narsa ham foyda bermasligi mumkin. Sababi asarni har kim, har xil qabul qiladi).

Asar yozuvchisi haqida ham o’qish ba’zan foydalidir. Chunki har bir yozuvchi asarida o’z hayoti va xarakterini qo’shib yozadi.

Eng muhimi, ilmiy-ommabop, sohaga oid yaxshi va yoshingizga mos kitob tanlashga harakat qiling. Hamma o’smir yoshdagi va katta yoshdagi kitobxonlar ham bir xil ertak tarzida yozilgan asarlarni o’qishni yoqtirmaydi. Bu albatta tabiiy hol va keyin asar yaxshi yozilmagan degan fikrlar ham paydo bo’lishi turgan gap.

Asar haqida fikr bildirishda ham ijobiyroq yondashishga harakat qiling. Chunki ba’zi asarlar bir o’qishda tushunish bir muncha qiyin. Ko’pchilik takidlashgan, oldin o’qigan asarlarimni, 2-3 yildan keyin qayta o’qib, tushunganligini aytishgan.

Xullas, kitob o’qishdan oldin nima uchun o’qiyotganingizga e’tibor bering. Kitob o’qishdan maqsad, undan zavqlanish, dunyo qarashni kengaytirish, teran fikrlash, fikrlarni jamlash va yaxshi narsa o’rganish uchun o’qish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylayman. Qanaqa kitob bo’lishidan qatiiy nazar kitoblar bizni tarbiyalaydi!

Ko’pchilik kitobxonlar kitob tanlashda o’z yo’lini topib, ulgurishgan...))

P/s: Inson ilm izlashda davom etar ekan, olim hisoblanadi. O’zi haqida “Hamma narsani bildim” degan fikrga kelganda, johilga aylanadi!

@turgunovsblog