Get Mystery Box with random crypto!

​Apple Messiga servisga ulangan yangi obunachilaridan tushgan | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

​Apple Messiga servisga ulangan yangi obunachilaridan tushgan daromad foizini to'laydi. Ushbu mavsumdan boshlab Apple TV xizmati MLSning homiylaridan biriga aylandi, 10 yilga 2,5 milliard dollarlik shartnoma tuzdi. Endi MLSni faqat MLS Season Pass obunasi orqali ko'rish mumkin, Apple yangi obunachilaridan tushgan mablag'ning ma'lum bir qismini Messiga beradi. Hozircha tahminan qancha summa bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. Lekin Messining MLSga o'tishi bomba bo'lishi aniq, buni kechadan beri chiqayotgan xabarlardan ham payqash qiyin emas. Bundan tashqari, Apple TV allaqachon Messi haqidagi serialni anons qildi.

Adidas ham MLS bilan hamkorlik qiladi, lekin Leo bilan bir necha yil oldin umrbod shartnoma tuzib olgan va tushgan daromadning ulushini Messi bilan baham ko'radi. Adidas, shuningdek, liga bilan yangi shartnomaga ega (olti yilga 830 million dollarlik bitim), u barcha 29 jamoani kiyintiradi, 2006-yildan beri MLS bilan ishlaydi, turnirning rasmiy to'pini taqdim etadi, butsalar homiysi sifatida ham faoliyat olib boradi. Messi familiyasi tushirilgan "Inter Mayami" futbolkalarini ham Adidas ishlab chiqaradi. The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya argentinalik futbolchiga uning transferi bilan bog'liq daromadlarning foizini beradi. Bunga aniq nima kirishi hali ma'lum emas, ammo, albatta, katta summalar haqida gap ketmoqda.

Futbolchilik faoliyatidan keyin Leoning kelajagi uchun muhim tafsilot: Messi klubning ulushini sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

Masalan, Devid Bekhem "Los-Anjeles Gelaksi"ga kelganida ham, uni xuddi shunday tarzda jalb qilishgan va hozirda bilasiz, Bekhem Messi boradigan klubning ham egasi.

Reuters ma'lumotlariga ko'ra, Lionel keyinchalik qisman egalik qilishi mumkin bo'lgan klubga borishni xohlagan. Ko'rinishidan, investitsiya komponenti ham darhol muhokama qilingan. The New York Times'ning tasdiqlashicha, "Inter Mayami" egalari darhol Messi bilan aksiyador bo'lish imkoniyati rejaning bir qismi ekanligi va uzoq muddatli daromadni taqsimlashni ham muhokama qilishgan.

Qo'shimcha motivatsiya - 2026-yilgi jahon chempionati bo'lib o'tadigan mamlakatda hozirdan yashash va o'ynash. Xabaringiz bor, Messi 2026-yilgi mundialda ham chempionlikni himoya qilish uchun o'ynash istagida. Bundan tashqari, u nafaqat Yevropa va Janubiy Amerikada, balki AQShda ham "o'z izini" qoldirishni xohlaydi.

TyC insayderlarining to'ldirishicha, "Inter M" bilan shartnoma 3 yillik, ammo har qanday mavsumdan keyin bepul ketish imkoniyati ham bor bo'ladi. Shartnoma 1 iyulda kuchga kirishi kutilmoqda. Messi bir oylik ta'tilga ega bo'ladi.

MLS'ning o'zi ham Messi o'tishi bilan bayonot berdi: "Rasmiy kelishuv bo'yicha ishlar hali yakunlanmagan bo'lsa-da, biz barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan birini ligamizda qarshi olishni intiqlik bilan kutmoqdamiz."

Ko'rinib turibdiki, liga Lionel Messining "Inter Mayami"ga o'tishi va o'ynashi uchun barcha kelishuvlarni bajarishga tayyor.

Manba: Sports.ru

Muhammadali