Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Man.Siti' 'Lids' darv | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Man.Siti" "Lids" darvozasiga javobsiz 7ta gol urdi. Bu "shaharliklar"ning APL tarixidagi ikkinchi eng yirik g'alabasiga aylandi. Rekord 2019-yil "Uotford"ga qarshi bahsda o'rnatilgan (8:0)

Gvardiola: "De Bruyne ? Biz unga muhtoj edik. U biz bilan 6 yildan beri o'ynamoqda. U menga qilgan ishlarini unutmayman. U koronavirusdan keyin ritmni yo'qotib qo'ygan edi"

"Lids" APLdagi faoliyati davomidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Jamoa oxirgi bor 1979-yilda "Arsenal"dan 7ta gol o'tkazib yuborgandi

Marselo Byelsa murabbiylik faoliyatida ilk bor 0:7 hisobida mag'lub bo'ldi

Byelsa: "Farq bunchalik darajada katta bo'ladi deb o'ylamagan edim. Lekin "Man.Siti" meni hayron qoldirgani yo'q. Biz himoyada juda ko'p xatoga yo'l qo'ydik"

De Bruyne APLda debyut qilganidan beri jarima maydoni tashqarisidan 20ta gol urdi. Bu 2015-yildan beri futbolchilar orasida qayd etilayotgan eng yaxshi natija hisoblanadi

"Man.Siti" 2021-yilda 33ta g'alabani qo'lga kiritib "Liverpul" rekordini takrorladi. Keyin g'alaba mutloq rekordga aylanadi

Gvardiola jamoasiga APLda 500ta gol urish uchun 207-ta o'yin kerak bo'ldi. Avvalgi rekord Kloppga (234 o'yin) tegishli edi

Myuller Bundesliganing birinchi davrasida 12ta golga assistentlik qildi. Bu mazkur statistika yurita boshlanganidan beri qayd etilgan mutloq rekord

Aguero bugun faoliyati yakunlanganini e'lon qiladi. Gvardiola mazkur marosimga tashrif buyuradi

Pochettino: "PSJ"da "Real"dan o'tish uchun mahorat yetarlicha darajada"

Laporta Rayola bilan Pogba va Xavi Simons transferi borasida muzokara o'tkazdi [Diario Sport]

Kavani qishgi transferlar oynasida "Barsa"ning asosiy maqsadi [Diario Sport]

"Arsenal" intizomni buzgani uchun Obameyangdan sardorlik bog'ichini olib qo'ydi. Tirni va Lyakzaett sardorlikka asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda [Talksport]

Ikardi qishda "Yuventus"ga ijaraga o'tishi mumkin. Vanda Nara Anyelli bilan muzokara o'tkazdi [Foot Mercato]

"Barselona" Maradona xotirasiga tashkil etilgan turnirda "Boka Xuniors"ga penaltilar seriyasi mag'lub bo'ldi

Alves: "Barsa" libosini kiydingmi demak "tosh-qaychi-qog'oz o'yinida ham yutishga majbursan"

"PSJ" Mbappega klubdagi eng katta maoshni taklif qildi. U hali javobi aytmadi [RMC Sport]

"Real" "PSJ" bilan 1/8 finaldagi bahs tufayli Mbappe bilan shartnoma imzolashni mart oyiga qoldirdi [As]

Ramos: "Real" bilan to'qnash kelishni xohlamagan edim. Ammo bu "Santyago Bernabeu"ga qaytish imkoniyati. Kovid tufayli klub bilan xayrlasha olmagandim"

Benzema 2021-yilda "Real" safida 36ta gol urdi. Bu uning bir kalendar yilidagi shaxsiy rekordi

Levandovski 2021-yil Bundesligada 42ta gol urdi va bir kalendar yilidagi Gerd Myuller (1972-yil) rekordini takrorladi

APL jamoalarida koronavirus qayd etilishi bo'yicha rekord yangilandi. APLda bunday holat 42 marta qayd etilganini ma'lum qildi

La liga translyatsiya huquqini Movistar va DAZN kompaniyalariga 5 yilga 4,9 mlrd yevroga sotdi

Eduard Mendi Senegalda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Manening 6 yillik seriyasi barham topdi

"Bavariya" Bellingemga qiziqish bildirmoqda. Dortmundliklar futbolchisini ularga sotmoqchi emas [Bild]

Kroos: "PSJ" - "Real"ga tushishi mumkin bo'lgan eng qiyin raqib"

Shevchenko "Jenoa"da dastlabki g'alabani qo'lga kiritdi. Italiya kubogida "Salernitana" mag'lub etildi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan