Get Mystery Box with random crypto!

Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir | 𝑻𝒐'𝒓𝒂𝒚𝒆𝒗 𝑶𝒚𝒃𝒆𝒌

Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz.
Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz.

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz.

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python/ Java/ Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash/dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

Orginal post: ingliz tilida

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube