Get Mystery Box with random crypto!

Insoniy yashashning 10 qoidasi 1-qoida. 24 soatni faqat o‘zin | 𝑻𝒐'𝒓𝒂𝒚𝒆𝒗 𝑶𝒚𝒃𝒆𝒌

Insoniy yashashning 10 qoidasi

1-qoida. 24 soatni faqat o‘zingga sarflama.
Boshqalar uchun qayg‘urish, boshqalarga dalda bo‘lish va boshqalar bilan fikrlashishni kanda qilmagin. Hayotingda ma’no yo‘qligini sezgan kuning atrofingga boq va odamlarga yordam qo‘lini cho‘z. Bu yaxshiliging yashashing uchun sabab bo‘ladi.

2-qoida. Hayot siz uchun nimani anglatishini aniqla.
O‘zingni hayotdagi so‘nggi yillaringda deb tasavvur qil. Bu — hayot! Va sen o‘sha mahalda o‘tgan umringni qanday tasavvur qilib, nima deb izohlagan bo‘lar eding? Hayot — go‘zallik, muhabbat, jo‘shqinlik, yaratuvchanlik va qiziquvchanlik mujassam bo‘lgan muqaddas ibodatxonadir. Ibodat esa — ezgu amal va ezgu fikrni anglatadi.

3-qoida. Faqat kelajaknigina mo‘ljallab yashashni bas qil.
«Bir kuni», «vaqtim yoki imkonim bo‘lganida» degan rejalar ko‘payib ketsa, bir zumga to‘xta va o‘zingdan «nimaga hozir yoki bugun emas?» deb so‘ra. Hayot afsuslar bilan uyg‘onish uchun qisqalik qilishini his et. Har kuni senga tirikligingni eslatadigan biror ish qil.

4-qoida. Ko‘proq baxtiyor va samimiy odamlar davrasida bo‘l.
Ular hayotni boshqalarga qaraganda yaxshiroq his qilganlari uchun ham uni yorqinroq ko‘radilar. Sen ham ulardan ijobiylikni o‘rgan. Unutma, yo‘qotilgan vaqt — sen yashay olmagan daqiqalardir.

5-qoida. Dardga matonatli bo‘l.
Og‘riq va qayg‘ular umrimizning kunlarini o‘g‘irlaydi, xolos. Hayot senga limon otganida, sen undan limonad tayyorla. Aytishadi-ku, sinovlarga seni kuchsiz qilishlariga yo‘l qo‘yma. Aks holda, hammasini yana boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.

6-qoida.
Qalbingga quloq sol.
Shunda undagi istaklar so‘zga aylanadi. So‘zlaringga diqqat qil — ular harakatga aylanadi. Harakatga ergashsang — u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qil, shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa sening taqdiringdir.

7-qoida. Odamlarni kechirishni bil va ularni sev.
Inson tirik mavjudotlar orasida kuchli quvvat manbaiga ega jonzot. Bu quvvatni u ma’naviy ildizlardan oladi. Buning yo‘li esa shoshib chiqarilgan xato-xulosalarni rad qilish. Kimnidir yomon ko‘rish, kimdandir nafratlanish, bu — seni oxir-oqibat dushmanidan qo‘rqqan, himoyaga muhtoj odamga aylantirib qo‘yadi. Himoya esa yashash emas, yashashdan qochish degani.

8-qoida. O‘z-o‘zingga hayot sabog‘ini berishga odatlan, o‘zingni o‘zing tarbiyala.
Yashash — muntazam qilingan xatolardan chiqarilgan xulosa. Modomiki, xulosa yo‘q ekan, yashab ham bo‘lmaydi. Boshi devorga tegib ham saboq chiqarmayotgan erkak esa chindan-da qashshoq va baxtsizlikka munosibdir.

9-qoida. Tavakkal qilishga odatlan.
Bu — o‘zini hayotning eng yaxshisiga munosib ko‘rish degani. Hayot ishora va belgilar yordamida bizga doimo «Kel, ichkariroq kir!» deydi. Ammo ko‘pincha biz uning suratini olamizda, so‘ng qo‘rqib orqaga tisarilamiz. Ammo olg‘a intilish, sening kelajaging.

10-qoida. Har daqiqada senga aziz insonlarni qadrla va himoya qil.
Ish, bu — hayot degani emas. Ota-ona, do‘stlaring uchun ham yasha. Ayniqsa, ota-onangni aziz bilib, xizmatlarini qil. Shekspir aytganidek, "Ota-onaning ovozi — Yaratganning ovozi". Farzand uchun ular jannatga yo‘l boshlovchilardir.