Get Mystery Box with random crypto!

Savol Mabodo oldingizga bir qop oltin va yoniga bebaho hikmat | Турар Абдигазиев

Savol

Mabodo oldingizga bir qop oltin va yoniga bebaho hikmatlar bitilgan lavh qo‘yishganida, qay birini olardingiz?  

Oqshom rutubatida yanayam qorayib ko‘rinayotgan hamrohlarining yuzlariga go‘yo nur yugurdi.  

— Oltin! Albatta oltinni olardik! - yigirma yetti kishining jo‘r ovozi eshitildi.

Keksa Koli bobo, sirli kulimsiradi.  

— To‘xtanglar! - hammani tinchlanishga da’vat etib, u qo‘lini ko‘tardi.

— Daydi itlarning tunda uvillashiga quloq tuting-a.

Ular ochlikdan g‘ingshiyaptilar.

Tasavvur qiling, itlarga toʻygunicha ovqat berdingiz.

Qorni qappaygach, yana  tong otishi-yu,  yana ovqat yeyish kerakligini unutgan itlar, bir-biri bilan urishadi yoki duch kelgan joylarda sanqib yuradilar.

Odamlarda ham shu ahvol.

Ularga oltin yoki dono maslahatdan birini tanlash imkonini bering-a,

"maslahatingni pishirib ye”, - deya,

odamizot oltinni jon deb sarflaydi.

Vaqt o‘tib, oltin sob bo‘lgach esa, ular barmoqlarini tishlashadi.

Oltin uning qonunlarini biladigan va unga amal qiladigan kishilar uchun yaratilgan.

ʼʼVavilonlik eng boy odam" kitobidan