Get Mystery Box with random crypto!

Otam, uyimizning nuri, mayog‘i, Baxtimiz posboni, siz qalqonim | Lobar Turaeva | Uz

Otam, uyimizning nuri, mayog‘i,
Baxtimiz posboni, siz qalqonimiz.
To‘rt fasl yashnaydi ko‘nglingiz bog‘i.
Joningizga payvand, ota jonimiz.
Bizga pir-u davlat, otajonimiz.

Sizni kutib,osh suzmadi onam hamon,
Uy to‘rida savlatingiz sog‘inganmiz.
Musofirda baxtimizga bo‘ling omon,
Yig‘lamadik, rasmingizdan ovunganmiz.

Chorak asr umringizning nurli yo‘li,
Yoshingizni sanolmasin asrlar ham.
Unutilmas bolalikning har bir kuni
Ota uydek bo‘lmas ekan qasrlar ham.

Ota, sizni juda yaxshi ko‘raman,
Hech kim silamadi sizdek boshimni.
Onamning yonida davronlar surib.
Birgalashib ko‘ring yuzlab yoshimni

Sizning o‘rningiz bor qalbim, qo‘rimda,
Padarim, oq yuzli Yusufim otam.
Hatto, suyab turing keksa holimda,
Salovatlar aytsin Payg‘ambarlar ham,
Bir buyuk tortig‘im, davlatim otam!

28.05.2022
L.T