Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘chamizni adashtirmang deb... Ko‘zlarimga begona uyqu, Ko | Lobar Turaeva | Uz

Ko‘chamizni adashtirmang deb...


Ko‘zlarimga begona uyqu,
Ko‘zlarimda sog‘inch vasvasi.
Nafas olmay turaman bir zum,
Eshtilar deb uning nafasi.

Oramizda bor uzun yillar,
Tin olsam gar o‘tadigandek.
Tuyg‘ularim mavjlanib har gal.
Quyosh Sharqqa botadigandek,
Yillar, zumda o‘tadigandek.

Ey, voh, buncha qimmat bahosi,
Bebahraman diydoringizdan.
Duolarda dardi davosi,
Xabar oling dildoringizdan.

Tangrim, peshonamga bitilgan,
Baxtni bahorlardan bezabsan.
O‘z-o‘zingga oshiq, mavloni,
Qora ko‘zlarimdan izlabsan.

Tutashajak yo‘llarimizning,
Bo‘ylariga ekdim, gul-rayhon.
Ko‘chamizni adashtirmang deb,
Chirog‘imiz yonig‘liq hamon.

Xudojonim, guvohim o‘zing,
So‘zlamadim, hoy-u havasim.
Kurrai-yer aylanar sekin,
Eshtilsin deb uning nafasi.


Lobarxon... 18.03.2022 01:20