Get Mystery Box with random crypto!

... Oyni ham choʻktirdi, oʻsha bulutlar. Yulduzlar yonida yig | Tungi_bitiklar!

...

Oyni ham choʻktirdi, oʻsha bulutlar.
Yulduzlar yonida yigʻlaydi yum yum.
Oy aytar
Tush...
Jim ovozlanma,
Buni hayot derlar, shudir hayot jim...
Odamlar ichida yuraman behol,
Parvoyi palakka kelmaydi.
Qanchalar dunyoda mehr bor,
Hattoki oʻzlari bilmaydi.
Urilib turtilib yoʻl axtaraman,
Yoʻl bering odamlar...
Jilmaydi.
Qoʻlidan kelsada yaxshilik,
Negadir savoblar qilmaydi.

Tojiyeva Nigora