Get Mystery Box with random crypto!

Qoʻrqaman... Qoʻrqaman, yoʻqotmoqliknimas balki topmoqni, Q | Tungi_bitiklar!

Qoʻrqaman...


Qoʻrqaman, yoʻqotmoqliknimas balki topmoqni,
Qoʻrqaman, ogʻrigʻi oʻtar jonimdan,
Bardoshlar suyagim zir-zir tebratib,
Sizib chiqarmikan balki qonimdan.

Qoʻrqaman, qoʻrquvlar hayollarda oʻr,
Bir zum tinchitmaydi pora yurakni,
Vaqt hakam bariga koʻnaman unsiz,
Aytib bersam edim sof bir tilakni...

Qoʻrqaman, adogʻin oʻylagan sayin,
Oʻzim uchun emas balki u uchun...
Bu yorugʻ dunyoda roʻshnolik koʻrmay,
Qora yerda yotar nechun...ne uchun?

Tojiyeva Nigora

@Tungi_bitiklar