Get Mystery Box with random crypto!

'Boʻshliq' Biror mano chiqmas Boʻmboʻshdir koʻngil, Bilimsiz | Tungi_bitiklar!

"Boʻshliq"

Biror mano chiqmas
Boʻmboʻshdir koʻngil,
Bilimsizlikdanmi?
Yoki charchoqdan?
Oʻylarim oʻraydi
Har tomonlardan,
Yaqindan kelaymi?
Anda yiroqdan...
Aytmoqqa soʻz ham yoʻq,
Dard ham yoʻq dard yoʻq.
Top toza yuragim,
Hatto hamdard yoʻq.
Supurilgan gʻamlar...
Nada bir gard yoʻq,
Dardim yoʻq, dardim yoʻq,
Menda bir dard yoʻq...
Hissizlik qiynarkan
Hislar boʻlmasa...
Goʻyoki arosat undan yaxshiroq.
Hoh quvonch, mushkullar
Dilni oʻynasa.
Koʻngilda chiroqlar, yonib kuymasa...
Dard oʻlgur dilinga tegib qoʻymasa...
Yaxshimi, yomonmi, boplab qiynasa...

Nigora

@Tungi_bitiklar