Get Mystery Box with random crypto!

BIZ KUTGAN KUN KELDI O‘rta-maxsus professional darajadagi m | SamTUIT/Uyda qoling

BIZ KUTGAN KUN KELDI

O‘rta-maxsus professional darajadagi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan Samarqand turizm va servis texnikumi sizlarni ta'lim olishga chorlaydi.

NEGA AYNAN BIZNI TANLASH KERAK?

Barcha yo‘nalishlarda 2020/2021 o‘quv yili uchun davlat byudjeti hisobidan ta’lim olish imkoniyatlari

Ta’lim berish jarayoniga “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetining xorijlik yetakchi professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi

Biz talabalarimizning o‘z-o‘zlarini moliyalashtirish qobiliyatlarini rivojlantiramiz va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Talabalarimizga “WORK&TRAVEL” kabi bir qator xalqaro dasturlardan foydalanish orqali xorijda o‘qish va ishlash imkoniyatlarini o‘rgatamiz. Yangi ufqlar sari biz bilan birga!

Bizda chet tillarini o‘rganish imkoniyatlari keng

Ta'limning 70% ga yaqin qismi turizm va servis tashkilotlaridagi mavsumiy amaliyotga asoslangan. Sayyohlar bilan tajribangizni oshiring!

Texnikumimizni imtiyozli diplom bilan bitirgan bitiruvchilarimiz o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha 2-bosqichga individual suhbat asosida o‘qishga kirishlari mumkin

Biz TECHNICUM 4.0 (education, science, innovation, business) konsepsiyasi asosida ishlashga intilamiz

Ish joyingizni yaratish, qobiliyat va bilimlaringizni oshirish o‘z qo‘lingizda. Biz esa sizning ko‘makchingizmiz!

Bizning yo'nalishlarimiz:

2 yillik yo'nalishlarimiz

Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish;

Turizm (tarmoqlar bo'yicha);

Servis va turizm;

Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil qilish;

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha).

2 yilgacha bo'lgan yo'nalishlarimiz

Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish;

Turizm;

Umumiy ovqatlanish korxonalari mutaxassisi;

Non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari texnologiyasi.

Shuningdek, qisqa kurslarimiz ham mavjud...

Joylar chegaralangan. O'ylab ko'ring va Hoziroq ro'yxatdan o'ting:

RO'YXATDAN O'TISH UCHUN yoki texnikum.edu.uz

Manzil: Samarqand shahri, Sartepo massivi, Turkiston ko'chasi (Sobiq Sartepo turizm kolleji)
Murojaat uchun tel.: +998 66 238 35 25