Get Mystery Box with random crypto!

🏛 TUIT FB NEWS

Telegram kanalining logotibi tuitfb_news — 🏛 TUIT FB NEWS T
Telegram kanalining logotibi tuitfb_news — 🏛 TUIT FB NEWS
Kanal manzili: @tuitfb_news
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 537
Kanalning ta’rifi

🎓 Talabalar hayoti va ijtimoiy ochiq ma'lumotlar kanali
© Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali, rasmiy hamda norasmiy axborot faoliyati
✅ Ochiq muloqot: t.me/TUITFBUZ
⚠️ Disclaimer: Ushbu kanal TATU FF bitiruvchisi tomonidan yuritiladi

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-02-10 07:31:27
#mushohada
Do'stim, sen o'y-xayollardan iboratsan. Bundan qolgani esa et va suyakdir. Agar Gulni o'y-xayolida bo'lsang, bir kun kelib albatta Gulzor bo'lasan. Agar Tikonni o'y-xayolida bo'lsang, bir kun kelib albatta Tikonzor bo'lasan ...

Jaloliddin Rumiy

Do'stlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
1.7K viewsedited  04:31
Ochish/sharhlash
2021-02-09 21:11:51 Kitobcha Print - ma’lumotlaringizni kitob holida chiqarishga mo‘ljallangan kompyuter dasturidir.

― Versiya: 1.1 v
― Dasturchi: J.A.To'ychiyev
― Platforma: Windows all
― Dastur tili: O'zbek

Qo'llanma: https://bit.ly/37ah2oJ

Dastur haqida: Ushbu dastur ko'plab sahifaviy hujjatlarni kitob shaklida chop etishga mo'ljallangan.
Dastur varaqlarning bosib chiqarilishini avtomatik ravishda aniqlaydi, shunchaki hujjat sahifalarining sonini kiritishingiz kerak.

Savollar uchun: @Azimjanovich
O'zbekcha dasturlar: @DGUuz

Do'stlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
5.0K viewsedited  18:11
Ochish/sharhlash
2021-02-09 17:00:29 #Talaba #TARQATING
Oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov:

«Eng yomon ko'rganim shu, xorijdagi mehmonlarni kutib olish (fon) uchun nega mening gul qizlarim gul ko'tarib chiqishi kerak? U yerga ham o'zingizning farzandingizni qo'yib ko'ring. Bu bo'yicha alohida buyruq qilamiz. Buni majburiy mehnatga tenglashtiramiz. Bu majburiy mehnatning bir ko'rinishi. Ya'ni u qizlar xohlab borayotgani yo'q. Sovuqda, darsdan chiqib, to'garakka borish kerak bo'lgan vaqt yoki dam olish vaqti adras ko'ylakni kiyib, gul ko'tarib borish qaysi qizga yoqadi? Bo'lmagan narsa u. Tarjimon bo'lsa tushinaman, turizmda o'qisa tushinaman.

Stadionni to'ldirish uchun ham talaba, fon uchun ham talaba, festivalь bo'lsa ham talaba... Hamma joy huquqiy qolipga tushishi shart. Talaba o'qishi kerak. Kerak bo'lsa to'yib uxlashi kerak, talabaning shaxsiy hayotiga aralashishga haqqimiz yo'q».

P/s: Shular bilan bir qatorda eski stipendiya tizimiga qaytish haqida ham biror yangilik bo'lib qo'lsa ajab emas

Do'stlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
1.7K viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-02-09 10:15:17 Men aniq bilaman qachondur O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'ladi.

Bu o'zgarishlar qancha tez bo'lsa mamlakat rivojlanishi shuncha tezlashadi.
Inson 4 yoshidan 7 yoshigacha 70% ma'lumotlarni o'zlashtiradi.Hozirgi vaqtda bu yoshdagi bolalar nimani o'rganayabdi?Hammasi ham bog'cha boradimi?

Qaysi yoshdagi bolalar qayerda tarbiya yoki ta'lim olishi kerakligi bo'yicha taklifim bor.

Bolalar
:
3 yoshda: Bog'cha
4 yoshda: Bog'cha

Boshlang'ich sinf
5 yoshda: 1-sinf
6 yoshda: 2-sinf
7 yoshda: 3-sinf
8 yoshda: 4-sinf

Ixtisoslashtirilgan sinf
9 yoshda: 5-sinf
10 yoshda: 6-sinf
11 yoshda: 7-sinf
12 yoshda: 8-sinf
13 yoshda: 9-sinf
14 yoshda: 10-sinf
15 yoshda: 11-sinf

O'quvchilarni 4-sinfdan ixtisoslik bo'yicha yo'naltirish kerak.Bu orqali 20 ta fanni chala o'zlashtirmaydi 3-4 ta fanni chuqur o'zlashtiradi.
E'tiborni 1 narsaga qaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin.Xitoy Xalq Respublikasida 4-sinfdan sun'iy intelekt texnologiyalari o'rgatilishidan xabaringiz bormi?



Nematillo Ochilov

Do'stlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
1.9K viewsedited  07:15
Ochish/sharhlash
2021-02-09 05:21:14
Alisher Navoiy tug‘ilgan kunga 580 yil to‘ldi.

Maqolani o'qing

Umidimdan meni xursand etgil,
Umidim shulki, umidingga yetgil!

P/s: Xalqning hohish, intilishlari amalga oshsin. Va sening umidlaring ro‘yobga chiqsin! Va mening tilagim, umidim shu, degan tilakni izhor etyapti Navoiy.

Do'stlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
2.1K viewsedited  02:21
Ochish/sharhlash
2021-02-08 18:48:39
#foydali #grand #TARQATING
Metsenat.uz loyihasida IT sohasiga qiziquvchilar uchun navbatdagi grant e'lon qilindi

Ushbu qo'shma grant talabalarning shartnoma to'lovlarini to'lab berishga emas, balki Respublika bo'ylab IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni professional tayyorlash va ularning orasidan eng salohiyatli va bilimlilarini ish bilan ta'minlashga qaratilgan.

Batafsil

Do'stlarga ulashing
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
1.9K viewsedited  15:48
Ochish/sharhlash
2021-02-08 09:25:58 Maktab o'quvchilarining 6 yillik baholarini oliygohga kirish imtixonlarida inobatga olinishini ta'minlovchi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi

Unga ko‘ra:

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.

Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.

Bitiruvchi (abituriyent) test sinovi jarayonida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plasa, ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Quyidagi havola orqali qaror loyihasi bilan to‘liq tanishishingiz va fikr bildirishingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/28636

Abituriyent

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
2.0K viewsedited  06:25
Ochish/sharhlash
2021-02-08 05:47:21
Siz yashayotgan olamingizni sizning fikrlaringiz kashf qilgan, Fikirlar moddiydir, ularga ahamiyatli bo'ling!
Salbiy fikrlar qurshovida qolib hayotingizni zaharga aylantirmang!


Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
2.0K viewsedited  02:47
Ochish/sharhlash
2021-02-07 06:01:41
#pdf #foydali

Pdf fayllar bilan ishlash, ularni zichlashtirish, bir nechta pdf fayllarni birlashtirish, elektron imzo va yozma ism-familiyalar qo'shish uchun juda ham qulay bo'lgan sayt. Pdf formatdan jpg, xls, ppt, doc va boshqa ko'plab formatlarga, hamda qarama-qarshi uslubda faylni o'tkazish imkoniyati ham mavjud.

P.S.: Yaqinda bir "koʻchirmachi" talaba pdf dokumentni birinchi sahifasidagi ismni oʻrniga meni ismimni qoʻyib bering degandi. Ayni muddao boʻldi-a!?

Abdulaziz

LINK smallpdf.com

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/joinchat/AAAAAFPdxnctoCYikIAeyw
1.8K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2021-02-06 11:41:04 #YakuniNazorat #TARQATING
1-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakli uchun onlayn YAKUNIY NAZORAT o‘tkazish jadvali

BATAFSIL

P/s: Onlayn yakuniy nazorat qay tartibda bo'lishini @TUITFBUZ guruhimizda e'lon qilamiz, barcha birinchi bosqich talabalariga yetkazing.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali telegram tarmog'idagi rasmiy sahifalar
Channel | Group | Bot
1.3K viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash