Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsiy o'yin qoidalari: 1. Svoya igra o'yini 5 ta guruhda (6 | TATU "Zakovat" Intellektual Klubi | RASMIY

Shaxsiy o'yin qoidalari:

1.
Svoya igra o'yini 5 ta guruhda (6 tadan) ishtirok etuvchi bilimdonlar o'rtasida o'tkaziladi. (3 tadan mavzu)

2.
Guruhdan eng yaxshi birinchi va ikkinchi o'rin egalari yarim finalga chiqadi.

3. Yarim finalda birinchi-ikkinchi o'rin egalari va bitta eng yaxshi uchinchi o'rin egasi finalga chiqadi. (4 tadan mavzu)

4.
Final ishtirokchilarining o'rniga qarab quyidagi tartibda ball beriladi (6 ta mavzu):
1-o'rin — 10 ochko;
2-o'rin — 8 ochko;
3-o'rin — 6 ochko;
4-o'rin — 4 ochko;
5-o'rin — 2 ochko;

5. Shuningdek, o'sha kungi savollar paketi egasiga ham 2 ochko kompensatsiya sifatida beriladi.

6. O'yinda ball jamg'arib borganlar keyingi o'yinlarda yozma saralashda qatnashmasdan ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

7. Birinchi 3 turda savol tuzuvchi sifatida ro'yxatga olingan ishtirokchilarga istisno tarzida yozma saralashsiz o'yinda qatnashish huquqi beriladi. Keyingi turlardan boshlab, ochko olganlardan tashqari barcha ishtirokchilar yozma saralash orqali o'yinga saralab olinadi. (Yozma saralash 4 ta mavzu)

8.
O'yin jarayonida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bilimdonlarning ochkosi teng kelib qolsa, yuqoriroq pilus ochko olgan ishtirokchiga ustunlik beriladi (masalan, 1 ta +40 olgan odam 2 ta +20 olgan odamdan ustun). Agar bunda ham tenglik kuzatilsa, oxirgi to'g'ri javob qoidasi amal qiladi.

9. Qolgan qoidalar doimgi shaxsiy o'yin qoidalaridek davom etadi (forma so'rash va hokazo);

Zakovat +