Get Mystery Box with random crypto!

Kirish imtihonlari yaqin kanalimizga abituriеntlar qo'shilib, | TUIT team

Kirish imtihonlari yaqin kanalimizga abituriеntlar qo'shilib, Universitet talabalari izohini ko'rib ikkilanib qoldik deyishmoqda.

TATU haqida negativ fikrdagilar aslida kimlar? Botlarmi? Yoki yaxshi o'qimaydiganlarmi?

Yo’q ular bot emas Universitetimiz talabalari. Yomon ham o'qishmaydi. Birinchi navbatda shuni inobatga olingki shu izoh egalarini 90-95% balki undan ham ko'prog'idir kursdan kursga qolishmagan.

Ho'sh unda talabalar nimaga norozi?

Shu dam o'zingizga savol bering. Qaysi universitet talabalari va qanchasi o'zi tahsil olayotgan ta'lim muassasasidan qoniqar ekan. Inson zoti tirik ekan hech narsadan qanoatlanmaydi. Albatta bu yaxshi. Shuning uchun ham odamzot qanchadan qancha revolyutsiyalarni boshdan kechirgan, rivojlangan.

TATUga keladigan bo'lsak oldingi tizimdan ancha yaxshilangan, fanlar kamaytirilgan. (talabalar qizishmanglar gap tizimni o'zi haqida ketayabdi.) TATUni o'qitish tizimi chet davlatdagi siz maqtayotgan valomat Universitetlari tizimiga bosqichma bosqich o'tib bormoqda. Google orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin. Ha aytgancha eng asosiysi yotoqxonada shaxsiy kompyuteringizdan foydalanishingiz mumkin.

Abituriеnt TATUga topshirishda yuqorida keltirilayotgan argumentlar(Umuman hamma keltirayotgan argument) emas, siz qanday muhitga tushishingiz qiziqroq bo'lsin. Dasturchi bo'laman deb kelgan bolalar orasida rivojlanishingiz tezroq bo'lishini unutmang.


P.S: Tanlov o'z qo'lingizda

#radiya_tuitmem_edition