Get Mystery Box with random crypto!

TATU (rasmiy xabarlar)

Telegram kanalining logotibi tuit_tatu_uz — TATU (rasmiy xabarlar) T
Telegram kanalining logotibi tuit_tatu_uz — TATU (rasmiy xabarlar)
Kanal manzili: @tuit_tatu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.15K
Kanalning ta’rifi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Telegram kanaliga xush kelibsiz!
@Talaba_uz_oliy_talim

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-11 09:01:32 #Perevod_2022

PEREVOD ARIZASINI YANGI(BOSHQA) PLATFORMADA TOPSHIRASIZ!

Avvalgi yili transfer.dtm.uz sayti orqali hujjatlarni topshirish mumkin edi. Bu yili my.dtm.uz saytiga "xorijdan o‘qishni ko‘chirish" bo‘limi qo‘shildi.

Demak, o'qishini xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chirmoqchi bo‘lgan talabalar ushbu manzil orqali ariza yozishlari mumkin: — my.dtm.uz

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

Eslatma: yuqoridagi sayt qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi.

@QABUL_DTM_BOT orqali 2021-2022-yil o'tish ballarini bilib oling

Barcha yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!
@talaba_uz_oliy_talim
126 views06:01
Ochish/sharhlash
2022-07-11 06:41:17 Qoraqalpog‘iston hududidagi internet bilan bog‘liq nosoziliklar tufayli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishda qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun ro‘yxatga olish muddatlarining uzaytirilishi kutilmoqda.

@otmuzbekistan
165 views03:41
Ochish/sharhlash
2022-07-10 16:01:33 Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bilan kirishlari mumkin:

Biometrik pasport (yashil rangli);
ID-karta;
Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
Harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

Abituriyentlarga yuboring.

OTM yangiliklari kanali
@dtm_uz_qabul_2022
292 views13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-10 14:16:38 #Qabul2022
Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

YQQUZB_KANAL

@talaba_uz_oliy_talim
283 views11:16
Ochish/sharhlash
2022-07-10 08:31:05
Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur
.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @qabul_dtm_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Bizni kuzatib boring
@dtm_uz_qabul_2022
290 views05:31
Ochish/sharhlash
2022-07-10 05:21:26 Perevodchilar diqqatiga!

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar xox xorijda o'qiyotgan bo'lsin, xox yurtimizdagi davlat yoki xususiy oliygohlarda tahsil olayotgan bo'lsin, ushbu post barcha toifaga tegishli.

15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Sizdan talab etiladigan asosiy hujjat transkript hisoblanadi. Siz ayni vaqtda o'qiyotgan semestrni to'liq yopolmasangiz yoki fanlardan qarzdorlik mavjud bo'lsa, yoxud semestr kechroq yakunlansa (xususiy OTMlar shunaqa xitrlik qilyapti) ham buning o'qishni ko'chirishga hech qanday ta'siri yo'q

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 393-sonli qaroriga asosan talaba o'qishini ko'chirishi uchun "birinchi kursning birinchi semestrdan qarzdorlik bo'lmasligi kerak". Bu degani qolgan semestrlardagi qarzdorlik muhim emas degani. Ya'ni siz nechanchi kurs bo'lishingizdan qat'iy nazar oxirgi semestrdan qarzdor bo'lsangiz ham o'qishingiz ko'chira olasiz. Bu qonunchilikda aniq va tiniq ko'rsatib qo'yilgan.

Ayrim xususiy yoki davlat oliygohlarining mutasaddilari tomonidan sizga oxirgi semestrda fanlardan qarzdorlik borligi bahonasi bilan "senga transkript berish mumkin emas, bermaymiz, perevod qila olmaysan" deb transkript bermaslik holatlari mutlaqo noqonuniydir.

Agarda sizda shunday holat kuzatilsa, o'sha shaxsdan transkript bermasligi haqida yozma javob talab qiling. Agar shunda ham ta'sir qilmasa, kechiktirmay o'sha kunning o'zidayoq Prokuraturaga murojaat qiling. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

Yana bir masala, bu holat asodan xususiy oliygohlarda kuzatilmoqda ekan. Ular buni o'zining ichki tartib-qoidasi bilan izohlashyapti emish. Shuni yodda tuting-ki, har qanday ichki tartib-qoida yuqori turuvchi qonun hujjatlaridan ustun bo'la olmaydi, aksincha o'sha qonunlarga asoslangan holatda joriy qilinadi. Xususiy OTMlarning ham transkript bermaslik bo'yicha talablari ham mutlaqo NOQONUNIY. Bu bo'yicha alohida batafsil to'xtalamiz.

Manba; #talimgaoid

@otmuzbekistan
285 views02:21
Ochish/sharhlash
2022-07-08 13:02:10
#Расман
Ўзбекистонда ОТМларнинг бакалавриатига кириш тест синовлари стадион ва хиёбонларда ўтказилади

Бу бўйича Давлат комиссиясининг тегишли баёни тасдиқланди.

https://t.me/dtm_uz_qabul_2022
367 views10:02
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:02:03
#OTM_bitiruvchilari_diqqatiga
#Bilasizmi

Ayni vaqtda 513 ta vakant lavozimga ish staji talab qilinmaydi!

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari
yoxud ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar davlat organlarining staj talab qilinmaydigan lavozimlarini egallash uchun ochiq tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin!

Joriy yil 7-iyul holatiga koʻra, vacancy.argos.uz portalida davlat organlaridagi 2 110 ta vakant lavozim uchun ochiq tanlov davom etmoqda.

Vakant lavozimlarning 191 tasi respublika, 835 tasi hududiy (viloyat), 1 079 tasi tuman darajasidagi boʻsh ish oʻrinlari hisoblanadi.

Portalda mavjud vakant lavozimlarning 513 tasiga hujjat topshirish uchun ish staji talab etilmaydi.

Bizni kuzating: @otmuzbekistan
359 views09:02
Ochish/sharhlash
2022-07-08 11:30:40
Hamkorlik qilmoqda boʻlganlar uchun bomba taklif!

Oʻz biznesini yoki kanalini rivojlantirmoqchi boʻlganar qani shoshilamiz!

@reklame_v
@reklame_v
@reklame_v
305 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:02:16 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

@otmuzbekistan
310 views07:02
Ochish/sharhlash