Get Mystery Box with random crypto!

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

Telegram kanalining logotibi tuit_online — TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali) T
Telegram kanalining logotibi tuit_online — TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)
Kanal manzili: @tuit_online
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.06K
Kanalning ta’rifi

#qiziqarli_texnologiya
#motivatsiya
#talaba_yoshlar_hayoti
#hazillar
#TATU_hayoti
#tanqidiy_fikrlar
@TATU_topilmalar_idorasi - yo'qolgan va topib olingan buyumlar kanali
👨‍💻Faqat reklama uchun: @TUIT_reklama
🔜Savol va takliflar: @NodirUz
Perfluence

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-04-09 07:15:13
Forbes dunyoning eng boy odamlarini e’lon qildi

— Ro‘yxatda $211 mlrd boylik bilan Bernar Arno birinchi, Ilon Mask esa $180 mlrd bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

— Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.

Ps: Tasavvur qiling, siz kuchli 5 likdasiz

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
4.1K views04:15
Ochish/sharhlash
2023-04-09 07:01:41
Na gaaap hamkasb ?
Frontend dasturchilar tufayli likelar qoldiramiz, izohlar yozamiz, korzinkaga mahsulotlarni qo’shib, muassasa hisobotlarini qulay holda olamiz.
«VueJS Frontend Dasturchi» onlayn kursida CRM/LMS tizimlarni dasturlashni 0 dan o’rgatiladi.

Batafsil kurs haqida

Kursni 10 yildan ortiq dasturchilik faoliyatini olib borayotgan Elshod Adamov jonli ravishda o’tadi.

Kurs bilan hamda mentor bilan tanishish uchun boshidagi 3 ta dars bepul va qabulga yetarli o'quvchilar yigilgach darslar boshlanadi.

Kursga ro'yhatdan o'tish

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
3.2K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-04-08 20:56:03
#Sportmajmua
#Sportzal

Bugun, 8 – aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi, o‘zida bir qancha sport turlarini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy Sport majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Oliygohimiz hududida ishga tushirilagan zamonaviy sport koshonasi turk muhandislarining konstruktsiya loyihasi bilan Turkiya davlatidan keltirilgan metal konstruktsiyalar asosida barpo etildi.

Inshootning isitish tizimi avtonom lokal qozonxona orqali, sovutish tizimi esa kondentsionerlar yordamida ishlaydi.

Mazkur sport inshootidagi alohida xonalar soni 12 ta bo‘lib, bir vaqtning o‘zida sportning mini futbol (basketbol yoki voleybol), yugurish, bodibilding (fitnes) va kurash kabi turlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, mazkur sport inshootida o‘tkaziladigan sport musobaqalarini internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilish imkoniyati ham yaratilgan.
1.5K views17:56
Ochish/sharhlash
2023-04-08 18:45:10
Tailandlik erkak ChatGPT yordamida lotereyada pul mukofotini yutib oldi

— Erkak lotereyada yutish uchun raqamlar haqida so‘raganida ChatGPT “bu oldindan aytib bo‘lmaydigan holat va omadga bog‘liq” deb javob bergan.

— Shundan so‘ng erkak so‘nggi 10 yil ichida yutuqqa olib kelgan raqamlarning tarixiy statistikasi bilan birga faraziy vaziyatlar bo‘yicha ChatGPT’ga so‘rov kiritgan.

— Neyron tarmoq erkakka to‘rtta variantni taklif qilgan: 57, 27, 29 va 99. O‘sha kuni ikki xonali yutuq raqami 99 ni tashkil qilgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
2.6K viewsedited  15:45
Ochish/sharhlash
2023-04-08 17:33:45
OTMni bitirib ish qidiraman deyish xato!

Hozirdan harakat qilish kerak. TraderOne kompaniyasi sizga $300.000 berishi mumkin(fond bozorida aksiya oldi sottisi uchun boshqaruvga)

Bu hech qanday aldov emas. TraderOne kompaniyasida treyding sohasida 12 yillik tajribaga ega professionallar mentorlar bor. Sohani bilmaganlar uchun esa 2-5 oylik haftada 5 kun 5 soatdan bo'lib o'tadigan tayyorlov dasturimiz bor.

Dastur davomida imtihonlarda o'tsangiz boshqaruv uchun $300.000 ni qo'lga kiritasiz.

Batafsil ma'lumot uchun :

https://t.me/TraderOneRobot

(90) 026-38-83
(91) 016-38-83
(91) 006-38-83
(90) 053-38-83
(90) 043-38-83

Bizni kuzatishda davom eting
2.8K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-04-07 16:32:06
Saharlik va iftorlikdagi duolarning o'zbekchasini o'qisa ham bo'ladimi?

Yaqinlaringizga ulashing...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
2.5K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-04-07 13:13:28
Talabalar uchun yangi stipendiya joriy etildi!

Respublika miqyosida talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovi ta’sis etildi.

Stipendiya kimlar uchun?

Davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun

BATAFSIL MA'LUMOT

Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Batafsil ma'lumot: @Registon_stipendiya_bot

HUJJAT TOPSHIRISH
3.2K views10:13
Ochish/sharhlash
2023-04-06 11:00:33 Qo‘qon pedagogika instituti yotoqxonasidagi voqea bo‘yicha 3 nafar mas’ul xodim va prorektor ishdan bo‘shatildi

Qo‘qon davlat pedagogika instituti yotoqxonasida talaba qizlar xonasiga yashirin kamera qo‘yish jarayonida ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ps: Qiziq, boshida rektor o'zini bilmaganlikka olib, qizlarga o'shqirgan. Keyin rasmiy munosabatda qizlarni xonasida psixologik xona qilayotganini yozib qoldirgandi. Endi esa rektor aybsiz, prorektorlar aybdor bo'lib chiqyapti

Birinchi navbatda rektorni yo'qotish kerakmasmikan?))) Doim o'zi tepada turganlar suvdan quruq chiqadi, pastdagilar esa aybdor bo'lib chiqaveradi...


Do'stlarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
4.1K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-06 09:14:22 Yevropol yirik hakerlik platformasi faoliyatini fosh qildi

Yevropa politsiya boshqarmasi - Yevropol bir qator mamlakatlar huquq-tartibot idoralari ko‘magida o‘g‘irlangan akkauntlarni ommaviy sotish bilan shug‘ullangan dunyodagi eng yirik hakerlik platformalaridan biri Genesis Market faoliyatini to‘xtatdi. «Politsiyaning 17 ta davlat ishtirokidagi misli ko‘rilmagan operatsiyasi dunyodagi eng xavfli savdo maydonchalaridan biri bo‘lgan Genesis Market'ni yo‘q qilishga olib keldi», — deb xabar berdi Yevropol 5 aprel, chorshanba kuni Haagada.

Germaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa o‘nta davlatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan operatsiyalar davomida jinoiy tarmoq foydalanuvchilariga nisbatan reydlar o‘tkazildi, 119 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, 208 ta tintuv amalga oshirildi.

Operation Cookie Monster kod nomini olgan operatsiyani umumiy muvofiqlashtirish AQSh Federal qidiruv byurosi va Niderlandiya milliy politsiyasi tomonidan amalga oshirildi.
Yevropol hisobotida qayd etilishicha, Genesis Market jinoyat sodir etish uchun eng katta saytlardan biri bo‘lgan. U ikki milliondan ortiq foydalanuvchining o‘g‘irlangan ma’lumotlarini saqlagan. Platforma onlayn hisob qaydnomalarini o‘g‘irlash uchun kompyuterlarga zararli dasturlarni yuqtirish imkonini beruvchi botlarni sotdi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida to‘planganligi sababli, mijozlar hatto parolni o‘zgartirish haqida ham xabardor bo‘lgan.

Boshqa jinoyat saytlaridan farqli o‘laroq, Genesis Market darknetda emas, balki oddiy internetda ishlagan. Ushbu saytga a’zo bo‘lish faqat taklifnoma bilan amalga oshirilgan. «Oson kirish va arzon narxlar yangi mijozlarni qabul qilishdagi to‘siqni pasaytirdi va ularni hakerlar uchun qulay daromad manbayiga aylantirdi», deb ta’kidladi Yevropol.

Do'stlarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
3.8K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-04-05 12:45:57
Londondagi jamoat maskanlarida ro‘zadorlarga iftorlik qilib berilyapti

Londonda bu yil Ramazon o‘zgacha shukuh bilan tashkil qilingan. Shaharning ramzlari bo‘lgan Britaniya kutubxonasi, Trafalgar maydoni va Uembli stadionida har kech iftorlik dasturxoni yozilmoqda. Iftorlikni “Ramazon chodiri” loyihasi volontyorlari tashkil qilyapti.

“Uembli stadionida iftorlik – Britaniya tarixidagi ilk hodisa. Ro‘zadorlar ochiq osmon ostida og‘iz ochishyapti” – deydi loyiha asoschisi Umar Salha.

“Ramazon chodiri” tashkilotchilarini London meri Sodiq Xon ham qo‘llab-quvvatlaydi. U iftorlik oldidan musulmonlar bilan uchrashib, loyihaga xayrixohligini bildirgan.

“Dunyoda dinlar orasida nizo chiqaradiganlar bor. “Ramazon chodiri” esa islom haqidagi yomon gumonlarni yo‘q qilishga yordam beradi” – degan u.

Do'stlarga yuboring
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
2.9K views09:45
Ochish/sharhlash