Get Mystery Box with random crypto!

Kecha kechqurun ishdan qaytayotgandim. Metroga endi tushgan pa | TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

Kecha kechqurun ishdan qaytayotgandim. Metroga endi tushgan paytim ayam tel qilib qoldi. Odatda har kuni gaplashamiz. Ozroq gaplashganimizdan keyin nimadir so‘ragisi kelayotganini gap ohangidan bildim. Tinchlikmidi, desam, ha, o‘zim, bolalarim (nevaralari) bilan gaplashaman degandim (shundog‘am har kuni gaplashadi).

Uyga borib tel qilaman bo‘lmasa, deb xayrlashib, o‘chirdim. Borgunimcha keliniga tel qilib, gaplashib bo‘lgan ekan.

Plastigingizda pul bo‘lsa, ozroq tashlab yuborarkansiz ayamga. Tug‘ilgan kunga bormoqchi ekan (singlimni tug‘ilgan kuni bugun), shunga kerak bo‘lib qolibdi.

Odatda uyda unaqa pul uzilib qolmaydi. Shartta qaytib chiqdim.
– Qo‘shnilarda ham yo‘q ekan, so‘rasammi-so‘ramasammi dedim, deydi. – Bir-ikki kunda sutni puli keladi, qaytarib tashlavoraman. Hech so‘ramasdim, hijolat bo‘lyapman.
– Aya, siz begonadan pul so‘rayapsizmi? Nima qiladi qolmagan bo‘lsa, o‘zimdan birdan so‘rasangiz?


Shunaqa dedimu, bir jahlim chiqsa, bir xo‘rligim keladi. O‘zimdayam pul kamroq edi, borini tashladim, keyin bir o‘rtog‘imdan ham olib, ko‘proq qilib o‘tkazvordim. Aslida ayam so‘ragan pulni zo‘r kelsa, biror kafeda o‘tirib yeb yuboradigan pul aslida.

Lekin hamma ota-onalar shunaqa bo‘lsa kerak, a? O‘zi o‘stiradi, o‘zi katta qiladi, o‘zi o‘qitadi. Xohlagan payting pul so‘rasang, beradi. Uy olib beradi, uylantiradi. Lekin 100 ming so‘m pulni ming hijolat bilan so‘raydi.

Ochig‘i, shunaqa payt ichingdan o‘tadigan narsani faqat boshidan o‘tkazganlar tushunadi. Bir kunlar kelar, Xudo xohlasa, har oyda ko‘p-ko‘p pul tashlab turadigan.

Doston Rahmat

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ